Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Bo’lishi mumkin emas, ammo bu fakt!

Qanday qilib Norvegiya qariyalariga avtobusda joy berganda xafa qilishingiz mumkin? Nima uchun Xitoyda uy bekasiga gul sovg’a qilish mumkin emas? Shunga javob va boshqa qiziq narsalar!

1. Norvegiyada qariyalarga avtobusda joy berish kerak emas. Ular siz o’zingizni ulardan ustin qo’yasiz deb o’ylashar ekan.

2. AQSHda restoranda ayollar uchun pul to’lashlariga o’rganmaganlar. Shu bilan erkaklar o’z modiy yuksakligini ko’rsatadi deb o’ylashar ekan.

3. Xitoyda uy bekasiga gul olib kelish yomon odat hisoblanar ekan. Chunki shu bilan mehmonlar uy unchalik chiroyli emas, shuning uchun gul olib kelishadi deb o’ylashlari mumkin ekan.

4. Nyu-Jersey plyajlarda 1937 yilgacha erkaklar futbolkasiz yurishi man etilgan ekan.

5. Germaniyadagi birinchi sun’iy archalar bo’yalgan bo’lib, g’oz patlaridan qilingan ekan.

6. Santa-Klausning bug’ulari erkak ismlarga ega. Ammo erkak bug’ular qishda shoxlarni tashashadi, shuning uchun Santa-Klausning bug’ulari aslida ayol-bug’ularidir.

7. Qadimiy Rim davrida kosmetik hirurgiya ko’p ishlatilgan. Erkaklar beldagi chandiqlarini olib tashlashga harakat qilishgan. Chunki odamlar jangchi jang vaqtida beli bilan turgan deb o’ylashlari mumkin edi, bu esa sharmandalik edi.

8. Ba’zida ayiqlar qopqonga toshlarni tashagan, keyin bemalol oziqani iste’mol qilishgan.

9. 1927-yilda nayza Britaniya armiyasida asosiy qurol hisobidan chiqib ketgan.

10. Ko’plab dengizchilar oltin ziraklarni taqib yurishgan, toki o’limdan keyin o’ziga yaxshi marosimni o’tkazish uchun.

Manba: fazo.tv