Kirish
So'nggi yangilanish: 19.08.2018

Inson tilsimi haqida qiziqarli faktlar

Insoniyat naqadar murakkab yaratilgan bo’lmasin, uni o’rganib aniq faktlarni aniqlash mumkin. Masalan erkaklar umri davomida 3,9 tonna chiqindi chiqarishsa, bu ko’rsatkich ayollarda 4,3 tonnaga teng ekan.

Quyida sizga inson tilsimi haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlarni havola etmoqchimiz:

- O’rta yoshdagi odam har soatda o’z terisining 600 ming zarrasini yo’qotib turadi, bir yilda esa bu ko’rsatkich 675 grammni tashkil etadi. Agar kishi o’rtacha 70 yil umr ko’rsa, bu davrda 48 kilo teri yo’qotadi, ya’ni tana og’irligining 70 foizini.

- Erkak kishi umr bo’yi 22 tonna ovqat va 33 000 litr turli suyuqlik iste’mol qilsa, ayollar bu borada ancha “ochko’zroq” ekan, ya’ni 25 tonna ovqat va 37 000 litr suyuqlikni paqqos tushirisharkan.

- Boshdan bir kunda 40-60 tagacha soch to’kiladi, umr bo’yi esa 1,5 milliondan ortiq soch tolasi tushadi. Bu me’yoriy hol.

- Tilimiz juda kichik-uzunligi 9, eni esa 5 santimetr, og’irligi esa 50 gramm. Biroq shu kichik bir “bifshteks” da 17 mushak bo’lib, aql bovar qilmas darajada turlicha harakatlana oladi.

- Ayollarda 1 millionta soch tolasi bo’lsa, erkaklarda 3 milliontagacha bor. Umr boyi sartaroshlar olgan sochni uzunligini hisoblasak, u 9-10 metrni tashkil etadi.

- Inson miyyasi 10 milliard asab hujayralaridan iborat va u bir kunda 86 million bit axborotni eslab qolishga qodir. Umr oxirigacha esa bu son 100 trillion bitgacha yetadi.

- Kishi umrida nafas olib chiqargan havosi 499 kub yard (1 kub yard-0,76 kub metr)ni tashkil etadi. Kuchli nafas chiqargan paytda o’pkadan chiqqan havoning tezligi soatiga 160 kilometrgacha yetadi.

- Yuragimizni og’irligi 300 gramlik tosh bosadi holos. Biroq kishi umrida o’rtacha hisoblaganda 3 milliardgacha yurak urishi kuzatilgan.

- Hozirgacha o’rganilgan omillarga asoslanib shuni aytish mumkinki, odam miyyasining neytron tarmoqlari yer sharidagi telefon tarmoqlaridan 1400 marta murakkabdir.

- Erkaklar umri davomida 3,9 tonna, ayollar 4,3 tonna chiqindi chiqaradi.

- Odam qorong’u joyga kirgach, ko’zning nurga nisbatan sezuvchanligi 1 daqiqada 10 baravar, 20 daqiqa 6000 marta, 40 daqiqadan so’ng esa 25000 baravarga ortadi.

- Inson miyyasida har soniyada 100 000 yaqin kimyoviy reaksiya sodir bo’ladi.

- Miyyamiz ko’z, quloq va boshqa sezgi organlari qabul qilgan axborotning faqat 10 foizinigina qayta ishlaydi, qolgan 90 foizini tashlab yuboradi.

- Odamda xid sezuvchi organlarning umumiy maydoni atigi 0,7 kvadrat dyum(1 kvadrat dyum-6,5 kvadrat santimetrga teng)ni tashkil etadi. Bunday organlar itda - 100 kvadrat dyum, akulalarda - 24 kvadrat dyum, quyonlarda esa butun tanasi boylab yoyilgandir.

- Ko’z korgan tasvir atigi 0,05 soniyada miyyada akslanadi.

- Yurak shunchalar ko’p energiya sarflaydiki, uning bir kunlik energiyasi hisobiga 900 kilogramm yukni 14 metr balandlikka ko’tarib chiqish mumkin. Yurakning 50 yil davomida sarflagan energiyasi esa 18 ming tonna yukni 227 kilometr yuqoriga ko’tarib chiqish bilan baravar.

- Inson ko’zlari sezgirki, tunda tog’ cho’qqisida turib sakson kilometr uzoqlikda yongan gugurt cho’pi shulasini ilg’ay oladi.

- Yotganimizda nafas olish uchun 1 daqiqada 8 kvart (1 kvart - 1,14 litr) havo etarli ekan. Agar o’tirgan bo’lsangiz 16 kvart, yurayotganda esa 24 kvart havo kerak bo’ladi.

- Tanamizning 1 kvadrat dyuymlik terisini 345 ta ter chiqaruvchi bezlar, 26 metr asab tolalarining uchlari, 65 mingta soch qopchalari, 75 ta bezlari, 19 fut qon tomirlari joylashgan.

- Odam uhlamasdan 10 kecha-kunduz, ovqatlanmasdan esa 1 hafta yashashi mumkin.

- Miya neyronlarining eng yuqori faoliyat (tezligi) soatiga 400 kilometrdir.