Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Hidlar haqida 10ta qiziqarli faktlar

Hidlar inson o'zini yaxshi yoki yomon xis qilishiga ta'sir ko'rsatar ekan. Qadimgi doktorlar, hidlarni turli xil kasalliklarga darmon sifatida qo'llashgan. Maxsus hidlanadigan tuzlar, asablarni tinchlantirishda va bosh og'riqni yengishda foydalanilgan.

- Statistika bo'yicha erkaklar hidlarga ko'proq ahamiyat beradilar. Erkaklar hid sezish qobiliyati ayollarnikiga nisbatan kuchliroq, shuning uchun ham, ko'pincha erkaklar ongsiz ravishta hidlarni sezishadi.

- Parfyumeriya yog'i yoki atir, ter qon bilan yaxshi ta'minlangan joylarda uzoq muddatga saqlanadi.

- Quyoshga chiqishdan oldin sepilgan atir, dog'larning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

- Atirlar asosidagi, tabiiy efir yog'lar, juda qimmat bo'ladi. Eng qimmat yog' – jasmin yog'i. Bir kilogram jasmin yog'ini olish uchun, bir tonna gul kerak bo'ladi.

- Ko'pgina hidlar sun'iy yo'l bilan ishlab chiqariladi: nilufar, ilang-ilang, siren, lavanda. Bunday hidli o'rnini bosuvchi moddalar uch mingga yaqin, ulardan birikmalar hosil qilish esa son-sanog'i yo'q. Sun'iy hidlardan foydalangan holda, ilk duxilar, 1921 yilda yaratildi – bu Chanel № 5.

- Aromatik yog'lardan ko'pgina kasalliklarga da'vo sifatida ishlatiladi.

- Qadimda, arab uylarda mehmonlarga, hurmat belgisi sifatida, atir gul suvi sepilgan. Hindistonda esa, ibodatxonalaridan biri Madrasada, muqaddas buqa figurasi, u yaltirashni boshlamaguncha, har kuni aromatik yog'lar bilan artiladi.

- Fransiyada, atirlardan, ilk bor, ishlashdan keyin terning noxush hidini yo'qotish uchun, perchatkalarni xo'llash uchun foydalanilgan. Undan keyin, u sovun va suv o'rnini bosa boshladi. Vanna va atirlarni modaga Napoleon kiritdi. U binafsha va jasmin hidlarni yoqtirgan va binafsha odekolonidan, xatto, urushlar paytida foydalangan.

- “Coty” kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar, Internet ham o'z hidiga – statik elektr (ozon) hidiga ega ekanligini isbotladi. Endi, parfyumerlar harakatlari tufayli, kompyuterda ishlagan odamlar uni nafaqat undan nafas olishlari, balki o'zlari ham shu hidni taratishlari mumkin.