Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

Samolyotdagi taom nega bemaza tuyuladi?

Tadqiqotchilar buni ham aniqlashdi. Ulkan avialaynerning bortidagi sharoit sun'iy tarzda yuzaga keltirilib, tadqiqot otkazildi.

Ma'lum bo’lishicha, bosimning pasayishi va havo namligining ozgarishi natijasida ogizning shilliq qavati qurib qoladi va ta'm bilish reseptorlari taomni boshqacha seza boshlaydi. Shu tariqa, ovqat ta'msiz, kofe achchiq tuyuladi, faqat pomidor sharbatigina xushta'm yutilishi mumkin.

Bundan tashqari, zamonaviy yirik laynerlardagi sharoit yerdagi sharoitga yaqinlashtirilganini aytib otish lozim. Shunda ozgarish kamroq bilinadi.

Manba: sof.uz