Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

Dunyo bo’ylab har kuni necha nafar o’smir hayotdan ko’z yumishi ma`lum qilindi

Har yili dunyo bo’ylab 1,2 milliondan ortiq o’smirlar oldini olish mumkin bo’lgan sabablarga ko’ra halok bo’ladi. Bu haqda Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining seshanba kuni e`lon qilingan hisobotida aytildi.

Shu tariqa har kuni dunyoda ko’rsatilgan sabablar tufayli kamida uch ming o’smir hayotdan ko’z yumadi.

Masalan, 2015 yilda 10-19 yoshda bo’lgan o’smirlar o’limiga asosan YTH sabab bo’lgan, ular natijasida 115 mingdan ortiq inson halok bo’lgandi. O’limlarning boshqa sabablari orasida pastki nafas olish yo’llari infeksiyasi va o’z joniga suiqasd qilish bor.

O’smirlar o’rtasidagi o’lim holatining uchdan ikki qismi Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikada qayd etilgan.

Hisobotda ta`kidlanishicha, o’smirlar o’limini oldini olishda sog’liqni saqlash, ta`lim va ijtimoiy soha bilan bog’liq vaziyatni yaxshilash juda muhim.

Manba: kun.uz