Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Dunyodagi eng ifloslangan suv havzasi qaysi?

Keyingi yillarda ichki suv havzalari, dengiz va okeanlarning ifloslanishi insoniyatni tashvishga solmoqda. Chunki suvlarning ifloslanishi oqibatida tabiiy muhit ham zarar ko'radi. Ifloslangan suvlarda baliqlar, turli xil qush va xayvonlar bilan bir qatorda o'simliklar ham zararlanadi.

Xo’sh bugungi kunda dunyodagi eng ifloslangan suv havzasi qaysiligini bilasizmi?

Bugungi kunda O’rta yer dengizi dunyodagi eng kir, ifloslangan dengiz sifatida e’tirof etiladi. Dengizning har bir kub metr suvida turli chiqindilarning 39 ta ko’rinishi mavjud, har bir litr suvi tarkibida 10 gramm neft mahsuloti bor. Dengiz ostidagi har bir kvadrat kilometrda 199 ta turli buyumlar qoldiqlari qalashib yotadi.