Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Ingiliz tilida BUK (kitob) so’zi qayerdan kelib chiqqanini bilasizmi?

Bilamizki, ingiliz tilida BUK (book) so’zi kitob ma’nosini anglatadi. Xo’sh ushbu so’zning kelib chiqishi aslida nimaga borib taqaladi. Buni bilish barcha uchun qiziq bo’lsa kerak.

Aslida Yevropaning ko’plab davlatlarida “BUK” nomi bilan ataluvchi daraxt mavjud. Yevropaliklar kitobni shunday atashadi. Demak, kitob so’zining ushbu daraxt bilan bog’liqlik jihati bor. Qadimda aynan «BUK» daraxti tanasini chiroyli qilib xuddi qog’oz hajmida qirqib olingan va shu narsaga yozishgan. Bora-Bora daraxtning nomi kitob nomi sifatida qabul qilingan.