Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Dunyodagi eng baland ko’prik

Xitoyning Hubei viloyatida joylashgan Sidu daryosi ko’prigi 2009 yildan buyon dunyodagi eng baland ko’prik hisoblanadi.

Ko’prik CCSHCC Second Highway Consultants Company (CCSHCC Ikkinchi yo’l maslahatchilari kompaniyasi) tomonidan loyihalashtirilgan bo’lib, uni qurish xarajatlari taxminan 100 million dollarni tashkil etgan.

Ochiqlik va balandlikdan qo’rquvchilar bu yerga bormagani maqul chunki ko’prik 496 metr balandlikda joylashgan bo’lib, uzunligi 1222 metrga teng. Shunday bo’lsada, Sidu daryosining ikki qirg’oqini birlashtiruvchi ushbu ko’prik joylashgan hudud o’zida ajoyib tabiat manzaralarini mujassamlashtirgan.