Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

Yo’qolgan shahar Atlantida

Atlantida shahri. Inson sivilizatsiyasining eng ilg’or mo’jizasi sifatida ko’pchilik tomonidan tasvirlangan. Ba’zilar, shahar eng katta tabiiy ofatlar natijasida vayron bo’lgan deyishsa, boshqalar, u faqat Platonning tasavvuri edi deya talqin qilishadi.

Quyidagi maqola ba’zi “dalillarni”, kontseptual tasvirlarnini o’z ichiga oladi. (Bir oz orzular sari!) 

Atlantida afsonasi ikki munozarali dialog bilan boshlanadi: Bularning biri, klassik yunon faylasufi, Platon tomonidan yozilgan Taymyus (Timaeus) va Krishis (Critias). U Atlantika okean o'rtasida joylashgan orolda yashagan ajoyib va qudratli irq sifatida Atlantida aholisini ta'riflaydi. Yunon afsonasiga ko’ra Poseydon o’zi sevgan ayol Kleto (Cleito) uchun ushbu turar joyni yaratgan. Uni himoya qilish uchun, Poseydon orolni suv va quruqlik halqalari bilan o’rab olgan.

Kleto tez orada Atlantida xalqining birinchi shohi va hukumdorlari bo’lmish 5 egizak o’gillarni dunyoga keltiradi. Atlantida shahri o’zining joylashgan hududi va tabiiy resurslari tufayli qisqa muddat ichida  rivojlangan savdo va tijorat markaziga aylangan.

Afsuski, barcha yo’qolgan tamaddumlar kabi ochko’zlik va hokimiyat uchun bo’lgan kurashlar Atlantidaliklarni yomon yo’lga boshladi. Zevs insonlarning axloqsizligi bilan darg’azab bo’ladi va Atlantidaliklarni jazolash va  ularning taqdirini hal qilish uchun boshqa xudolarni yig’adi. Natijada, Atlantidada dahshatli zilziladan so’ng dengiz tomonidan yutib yuboriladi.  

Ushbu shahar juda katta va chuqur kanal orqali dengizga bog’langan deb hisoblanadi –  uzunligi deyarli 9 km, kengligi 100 m va chuqurligi 30 mga (hatto Panama kanalining eng chuqur joyi(18m)dan  ham chuqurroq).  

Markaziy tog’ning eng yuqori qismiga Poseydonning sharafiga ibodatxona barpo etilgan.  Ichkarida, qanotli otlar (Pegasus) va jang aravasida Poseydn tasvirlangan haykal o’rnatilgan. Odatda, ushbu ibodatxonada Poseydonga o’lpon to’lash masalasi yuzasidan oqsaqollar va hukmdorlar yig’ini o’tkazilgan. 

Asosiy shahr birinchi suv xalqasi tashqarida joylashgan va 17 kmli quruqlik bilan qoplangan edi. Orolning ko’p sonliy tub aholisi shu yerda yashaganligi uchun asosiy shahar aholisi juda zich joylashgan edi.

Shahar tashqarisi, uzunligi 530 km, eni 190 kmga cho'zilgan juda unumdor yerlar, tekis daryolar va tog'lar shuningdek,  suv to'plash uchun ishlatiladigan boshqa kanal bilan o'ralgan edi. Atlantida iqlimi 2 marotaba hosil olishga imkon beradigan iqlimga ega edi. Ularning biri yomg'irlar bilan to’yingan qish va ikkinchisi, kanal suv sug'orish tizimi orqali yoz fasli edi.

Shaharning 3-tomonini shimoldan baland bo’yli tog’lar o’rab olgan. Kichik qishloqlar, ko'llar, daryolar va o'tloqlar bu mintaqaning keng qismi bo'ylab tarqalgan edi. Turli hildagi o'simliklardan tashqari, orol turli metallar (oltin, mis, bronza, kumush) va bir necha turdagi toshlarga juda boy edi. Bundan tashqari, bir vaqtlar fillar ham bu yerlarda yurgan deb hisoblanadi.