Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

AQSHdagi eng g’alati taqiqlar

AQShning turli shtatlari va shaharlarida ko‘plab taqiqlar mavjud bo‘lib, ba’zan ular bema’niday tuyuladi. Quyida e’tiboringizga turli shtatlarda joriy etilgan antiqa taqiqlarning ayrimlarini taqdim etamiz.

1. Mashinani ko‘zlarni yumgan holda boshqarish

2. Tuyaning ustida o‘tirib baliq ovlash

3. Teatrga sherni yetaklab kelish

4. Eshakni vannada uxlashga yotqizish

5. Mehmonxonaning ikkinchi qavatidan turib bizonlarni otish

6. Yalang‘och holda uxlash

7. Itlarning jig‘iga tegish

8. Begonalarning gamburgeridan tishlab olish

9. Ayiqlarni suratga olish uchun uyg‘otish

10. Relslarga tuz sepish

11. Samolyotdan tirik bug‘uni tashlab yuborish

12. Mo‘ylovli erkaklarning ayollarni o‘pishi

13. Kalamushlarni beysbol chillagi bilan urish

14. Basseynga velosiped bilan tushish

15. Uy hayvonlariga yoqilgan sigaretalarni berish

16. Yo‘ldan qo‘llarda o‘tish

17. Er xotinini qo‘lidagi bosh barmog‘ining yo‘g‘onligidan oshadigan diametrdagi tayoq bilan ura olmaydi

18. Mashinani orqa tomonga qarab haydash

19. Ko‘chalarda hindular bilan qarta o‘ynash

20. Haydovchilarga o‘tib ketayotgan ayollarga signal chalishi taqiqlanadi

21. Bir uyda 16 dan ortiq ayol birga yashashi taqiqlanadi, biroq qonun bir paytning o‘zida uyda 120 ta erkak yashashiga yo‘l qo‘yadi.

22. Shtatlardan birida, agar xotin erning pochtasini ochsa, unga qamoq jazosi beriladi

23. Qo‘shnilarga foydalanish uchun changyutkichni berib turish

24. Agar ayol sochlarini quritayotgan paytda uxlab qolsa, u jarimaga tortiladi

25. Bittadan ko‘p old tishi tushgan 18 yoshdan katta odamlarga kulish mumkin emas

26. Kamida ikkita sigiri bor kishiga kovboylarning etigini kiyish ruxsat etiladi

27. Ayolni uxlab yotgan paytida o‘pish mumkin emas

28. Liftda hatto tanishlar bilan ham gaplashish taqiqlanadi

29. Kalitning teshigi orqali xushtak chalish

30. Quloqlarga tanga qo‘yish

31. Agar mushuklarning orqasiga yorug‘lik qaytaruvchi o‘rnatilmasa, uni sayr qilishga qo‘yib yuborish mumkin emas.

Ushbu qonunbuzarliklarning hammasi uchun jarimadan tortib qamoq jazosigacha ko‘zda tutilgan.