Kirish

FUTBOL TARIXIDAGI QIZIQARLI FAKTLAR

*Paragvay chempionatida bahs olib boruvchi “Sportivo Ameliano”va “General Caballero” jamolari o’rtasida 1993 yilda o’tkazilgan bahsda hakamlar jami 20 ta qizil kartochkani cho’ntaklaridan chiqarishga majbur bo’lishgan.

*Kot’d Ivuarning “ASEC Abidjan” klubi futbolchilari 1989 yildan 1994 yilgacha o’tkazilgan 108 bahsda raqib darvozasiga birorta ham to’p kirita olishmagan.

*1974 yilgi Jahon chempionatida G’arbiy Germaniya terma jamoasi bilan kechgan bahsda Chili terma jamoasining sobiq a’zosi Karlos Kasseli Jahon chempionatlari tarixidagi qizil kartochka bilan jazolangan ilk futbolchi sifatida tarixda qolgan.

*1930 va 1950 yillaridagi finallardan tashqari har Jahon Chempionati finalida Yevropadan kamida bitta terma jamoa finalgacha yetib borgan.

*Darvozabon Artur Varton futbol tarixidagi ilk professional qora tanli futbolchi. U Ganada tug’ilgan va 1889 yilda Angliya Premer ligasida ishtirok etuvchi “Roterham” jamoasi darvozasini qo’riqlagan.

*1950 yilgi Jahon chempionatida FIFA butsasiz (oyoqyalang) futbol o’ynashga ruxsat bermagani uchun Hindiston terma jamoasi ortga qaytishga majbur bo’lgan.

*1957 yilda “Charlton Atletik” jamoasi “Huddersfild Taun” jamoasi bilan bahs tugashiga 30 daqiqa qolganida 5-1 ko’rinishdagi hisobni 7-6 ko’rinishiga keltirib g’alaba qozongan.

*1996 yilgi Afrika Millatlar Kubogida Liberiya terma jamoasi futbolchilarining formalari va boshqa barcha xarajatlarini malakat terma jamoasi futbolchisi Jorj Vea o’z yonidan to’lagan.

*1997 yilda Nigeriyalik Babayaro debyut mavsumi boshlanishidan avval “Chelsi”ning mavsumoldi yig’inlarida o’tkazilga uchrashuvda o’z golini nishonlash davomida oyog’ini sindirib olib, bir necha oyga safdan chiqqan.

*1998 yilda ingliz hakami Martin Silvester District Sunday ligasi bahslaridan birida futbolchini urgani uchun o’ziga qizil kartochka ko’rsatib maydonni tark etgan.

*“Stad Olimpik Emrin” deb nomlanuvchi Madagaskar chempionatida ishtirok etuvchi klub futbolchilari 2002 yilgi chempoionat chempioni “AS Adema” jamoasi bilan bo’lgan bahsda o’z darvozalariga 149 ta avtogol kiritadilar. Bundan maqsad, ularning bir tur avvalgi o’yinda hakamlik qilagan referilar qarorlariga noroziliklarini namoyish etish bo’lgan.

*“Arsenal”ning afsonaviy futbolchilaridan bir Dennis Berkampning uchishdan qo’rqishi uning “Arsenal” ishtirokidagi bir nechta xalqaro uchrashuvlarini o’tkazib yuborishiga sabab bo’lgan.

*Stenli Matteus 33 yillik faoliyati davomida biro marta ham ogohlantirilmagan yagona futbolchi.

*Gerbert Chepmen “The Arsenal” klubi nomini Division One (hozirgi Premer liga)dagi alfavit tartibida tuzilgan ro’yxatda birinchi o’rinda turishi uchun “Arsenal” deya o’zgartirgan.

*Televizor orqali birinchi namoyish etilgan o’yin 1937 yilda “Arsenal”ning “Hayberi”dagi mashg’ulotdagi ikki jamoaga bo’linib o’tkazgan o’yini bo’lgan.