Do'kon

Narigi dunyodan kelgan odam…

1954 yili Yaponiyaning Tokio aeroportida bojxonachilar g’alati bir yo’lovchiga to’qnash kelishdi. U hujjat bo’yicha ham, tashqi ko’rinishi jihatidan ham oddiy yevropalik edi. Biroq pasporti qandaydir Tord respublikasiga tegishli ekani ma’lum bo’ldi. Bojxonachilar hech qachon bunday davlat haqida eshitishmagandi. Yer yuzida Tord degan davlat bo’lishiga ishonishmasdi ham. Yo’lovchini ichkariga olib kirib, dunyo xaritasidan Tord davlatini ko’rsatishni so’rashdi. Yo’lovchi erkak esa sira o’ylab o’tirmay, Andorrani ko’rsatdi. Bundan tashqari, yonidagi haydovchilik guvohnomasi, to’lov plastik kartochkasi ham Tord davlatiga tegishli bo’lib chiqdi.