Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

”KECHA” va ”ERTA” Orollari

Diomida orollari – AQSH va Rossiya o’rtasidagi chegara bo’lib, Alyaska va Sibirning orasida, Bering bo’g'ozi o’rtasida joylashgan. Diomida orollari ikki oroldan tashkil topgan bo’lib, Katta Diomida Rossiya, Kichik Diomida esa AQSH tarkibiga kiradi. Orollar o’rtasidagi masofa bor-yo’g'i 3.8 km bo’lsa-da, ular o’rtasidagi soat farqi 23 soatga teng ya’ni ikki orolni soat demarkatsion chizig’i ajratib turadi. Bu chiziq ayni paytda sana almashish chizig’i ham hisoblanadi. Shuning uchun ularni ‘‘kecha oroli‘‘ va ‘‘erta oroli‘‘ deb ham atashadi. Ikkala orol ham qoyalar va daralardan iborat. Iliq oylarda orollarni ko’pincha tuman qoplab oladi. Qishda esa ikki orolni bog’lovchi muz ko’prik hosil bo’ladi. Ana shu paytda Rossiyadan AQSHga piyoda borib kelish mumkin bo‘ladi. Albatta bu faqat nazariy jihatdan xolos. Aslida esa Bering bog’ozini ruxsatsiz kesib o’tish qonunan taqiqlanadi.

Dahomi yoki zamondan o‘zib ketgan telba?

Nyu-York, Ist-Xyuston ko‘chasi, 48-uy. Bu manzilda g‘alati, ko‘zlari allaqanday nur sochuvchi odamovi olim yashardi. Uning graf Drakulaning qarindoshi va quyosh nuriga chiqa olmaydigan vampir ekanligi haqida mish-mishlar yurar, uning yer sharini bo‘laklarga bo‘lib tashlashga qodir qurol yaratgani haqida gapirishardi. Bu shaxs Nikola Tesla edi. Aslida, Teslaning Drakulaga hech qanday aloqasi yo‘q, quyoshdan qochishi esa rost edi, chunki u tez-tez elektromagnit maydoni ta’siriga tushib qolar, miyasi o‘ta sezgir qobiliyatga ega bo‘lardi. Yorug‘lik uning ko‘zlarini og‘ritar, shitirlagan tovush ham qulog‘iga xuddi momaqaldiroqdek eshitilardi. Qorong‘ida esa uning ko‘zlari juda yaxshi ko‘rardi.

EYFEL MINORASI HAQIDA SIZ BILGAN VA BILMAGAN 10 FAKT

#1. Minora qurilayotgan paytda uning 100 yildan ortiq vaqt turishini loyiha muallifi injiner Gyustav Eyfel ham kutmagan edi. Eyfel minorasi 1889-yilgi Butunjahon ko’rgazmasi uchun eksponat sifatida qurilgan bo’lib, 20 yil saqlanishi ko’zda tutilgan edi. Fransuz inqilobining 100 yilligiga bag’ishlangan loyihalar tanlovida Aleksandr Gyustav Eyfel g’olib bo’lgan edi.

#2. Eyfel minorasining balandligi 324 metr bo’lib, ochilgan paytdan boshlab 41 yil davomida 1930-yilgacha dunyodagi eng baland inshoot bo’lgan.

#3. Minora qurilishida oliy sifatli po’latdan foydalanilgan. Po’lat konstruksiyalarning ja’mi og’irligi 9441 tonna bo’lib, 18038ta bo’lak birlashtirib chiqilgan.

Ismlar haqida hayratlanarli 10 Fakt

*Ism to’grisidagi fan ‘’onomatika’’ deb ataladi. Qadim zamonlarda bir ismga boylar ega bo’lgan bo’lsa, boshqa bir ‘’qadri pastroq’’ ism bilan kambag’allar atalgan. O’rta asrda Suriyada ayollar umuman ismga ega bo’lmagan. Ular shunchaki, kimningdir xotini, yoki singlisi, yo onasi deb yuritilgan.  Boshqa mamlakatlarda esa ayollar erkakning nomiga o’tgan.

*XVIII asrda Ispaniyada oddiy dvoryanlar oltita ism olish huquqiga egan bo’lgan bo’lsa, grandlar(saroy ayonlariga mansub ispan dvoryanlari) esa o’n ikkita va eng yuqori tabaqadagi kishilar cheksiz ismga ega bo’lishgan.