Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Andijon viloyati

Maydoni 4,2 ming km.kv. Aholisi 2 million 756 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).   Shaharlar aholisi 1 million 453 ming kishidan ortiq. Qishloq aholisi 1 mln 302 ming kishidan ortiq. Andijon viloyatida 14 ta tuman, 11 ta shahar va 78 ta shaharcha mavjud.

Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Ma'muriy markazi Andijon shahri. Viloyatning g'arbi qir-adirlardan iborat, sharqi tog' tizmalariga tutashgan. 

Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari:paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog`dorchilik, uzumchilik, go`sht-sut chorvachiligi, ipakchilik.

Toshkent viloyati

Maydoni 15,3 ming km.kv. Aholisi 2 million 695 ming 700 kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).   Shaharlar aholisi 1 million 328 ming 600 kishidan ortiq. Qishloq aholisi 1 million 367 ming 100 kishidan ortiq. Toshkent viloyatida 14 ta tuman, 16 ta shahar va 97 ta shaharcha mavjud.

Sanoati. Iqtisodiyotning ko`plab tarmoqlarida xomashyo tayyorlashdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha barcha bosqichlar barcha bosqichlar viloyatning o`zida kechadi.