Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Surxondaryo iqtisodiy-geografik rayoni

Maydoni 20,1 ming km.kv. Aholisi 2 mln 260 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati). Viloyatida 13 ta tuman, 8 ta shahar va 114 ta shaharcha mavjud.

Surxondaryo mamlakatimiz hududining 4,5 foiz qismini egallagani holda, u yerda O`zbekiston aholisining 7,5 foizi yashaydi. Viloyat yurtimizda yetishtirilayotgan paxta xomashyosining 10 foizini, g`allaning 8 foizini beradi. 

Iqtisodiy geografik o'rni va tabiiy boyliklari. Surxondaryo viloyati O'zbekistonning eng janubida joylashgan. Hududi Tojikiston va Turkmaniston va janubda Afg'oniston bilan chegaradosh. Viloyat mamlakatimizning janubiy darvozasi hisoblanadi. Amudaryoga qurilgan avtomobil va temiryo'l ko'prigi viloyatning iqtisodiy geografik o'rnini xalqaro darajaga ko'targan. O`zbekistonga nisbatan shimolda joylashgan aksariyat davlatlar Afg'oniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini shu ko'prik orqali amalga oshirmoqda. 

Qashqadaryo iqtisodiy-geografik o’rni

Maydoni 28,6 ming km.kv. Aholisi 2 mln 831 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati). Qashqadaryo viloyatida 13 ta tuman, 12 ta shahar va 123 ta shaharcha mavjud.

Iqtisodiy-geografik rayon Qashqadaryo viloyati hududidan iborat bo`lib, mamlakat hududining 6,4 foizini egallaydi. U yerda O`zbekiston aholisining deyarli 1/10 qismi yashaydi. Respublikamizdagi asosiy neft va gaz konlari shu hududda joylashgan. Qashqadaryo yoqilg`i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo`yicha mamlakatda 1-o`rinda turadi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 1/10 qismini, yengil sanoat mahsulotlarining 7 foizdan ortig`ini beradi. Qulay tabiiy sharoiti tufayli ekin maydonlari katta. Viloyat jami ekin maydoni, xususan, g`alla va paxta ekin maydonlari bo`yicha respublikada birinchi o`rinda turadi.

Navoiy viloyati

Maydoni 111 ming km.kv. Aholisi 888,4 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).   Navoiy viloyatida 8 ta tuman, 6 ta shahar va 38 ta shaharcha mavjud.

Navoiy viloyati mamlakatimizning eng kenja viloyati. U Buxoro va Samarqand viloyatlari hududidan tashkil topdi. Navoiy viloyati mamlakatimiz viloyatlari ichida maydonining kattaligi bo’yicha birinchi o’rinda tursada, aholisining soni bo’yicha oxirgi o’rinlardan birida turadi. Viloyatning o’simlik (yaylov) boyligi qorako’lchilikda katta ahamiyatga ega.

Buxoro viloyati

Maydoni 40,3 ming km.kv. Aholisi 1 mln ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati). Samarqand viloyatida 11 ta tuman, 11 ta shahar va 62 ta shaharcha mavjud. 

Viloyat maydoni mamlakat maydonining 8,8, aholisining 5,8 foizini tashkil etadi. Viloyatning ayrim joylarida sizot suvlari yer yuzasiga yaqin, yog'in kam, cho'lda qum ko'chishi kabi salbiy hodisalar yer fondidan foydalanishda ortiqcha mehnat, mablag' talab etadi. Aniqlangan tabiiy gaz zaxiralari bir necha trillion kubometrni tashkil etadi. Bundan tashqari neft, binokorlik materiallari, tuz va boshqa foydali qazilma konlari topilgan.