Kirish
So'nggi yangilanish: 19.10.2018

Samarqand iqtisodiy-geografik rayoni

Maydoni 16,8 ming km.kv. Aholisi 3 million 380 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati). Samarqand viloyatida 14 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha mavjud.

Iqtisodiy geografik o'rni va tabiiy boyliklari. Bu iqtisodiy geografik rayoni O'zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo'lib, Samarqand viloyati hududidan iborat. U aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo'yicha mamlakatimizda yetakchi o'rinlardan birida turadi (xaritadan mazkur rayonning chegaralarini aniqlang). U tabiiy geografik o'rniga ko'ra Zarafshon vodiysining o'rta qismiga to'g'ri kelib, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog'lari bilan o'ralgan. Tog' tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to'sadi. Yog'in ko'proq (250-800 mm) yog'adi. Sho'rxok maydonlar deyarli yo'q. Bo'z va o'tloq-allyuvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadi. 

Farg`ona viloyati

Maydoni 6,7 ming km.kv. Aholisi 3 million 329 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati). Shaharlar aholisi 1 million 908 ming kishidan ortiq. Qishloq aholisi 1 million 421 ming kishidan ortiq. Farg`ona viloyatida 15 ta tuman, 9 ta shahar va 197 ta shaharcha mavjud. 

Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog'oldilari kiradi. Isfayram, Shohimardon, So'x, Isfara daryolarining dehqonchilikda ahamiyati katta. Norin bilan Qoradaryodan bir necha sug'oruv kanallari chiqarilgan. Yalpi sanoat mahsulotiga ko`ra faqat Toshkent viloyatidan keyin turadi. 

Namangan viloyati

Maydoni 7,4 ming km.kv. Aholisi 2 million 458 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati). Shaharlar aholisi 1 million 570 ming kishidan ortiq. Qishloq aholisi 888600 dan ortiq. Namangan viloyatida 11 ta tuman, 8 ta shahar va 120 ta shaharcha mavjud.

Namangan viloyati iqtisodiy geografik rayonning shimoliy qismidadir. Viloyatning baland tog' tizmalari bilan o'ralgan sharqiy qismida iqlim nisbatan yumshoq, yog'in ko'p yog'adi, tabiiy o'tloqlar ko'p, bahorikor dehqonchilik uchun sharoit juda qulay. Viloyatning g'arbiy qismida yog'in kam yog'adi va daryolar ham kam.

Jizzax viloyati

Maydoni 21,2 ming km.kv. Aholisi 1 mln 205 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati). Viloyatida 12 ta tuman, 6 ta shahar va 42 ta shaharcha mavjud. 

Jizzax viloyati Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayonining janubi g‘arbida joylashgan. Viloyat hududi Sangzor daryosi hamda Janubiy Mirzacho‘l kanalining suvi bilan sug‘oriladi. Viloyat yer fondida obikor dehqonchilikka yaroqli, biroq hali o‘zlashtirilmagan yerlar ko‘p. Uning hududi shimol tomonga nishab bo‘lib, sun’iy sug‘orish qulay.