Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

YaIM va inflyatsiya: Xalqaro valyuta fondi O’zbekiston bo’yicha prognozlarini e'lon qildi

  • Bo'lim: BLOG

Xalqaro valyuta fondi 2018-2019 yillarda O’zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o’sishini 5 foiz darajasida prognoz qilmoqda. Mamlakat istiqbollari esa asosan iqtisodiy islohotlarga bog’liq, dedi Toshkentda o’tkazilgan uchrashuvda jurnalistlarga XVJ Yaqin Shark va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori o’rinbosari Yuxa Kaxkonen. Bu haqda Sof.uz xabar berdi.

Hisobotga ko’ra, mintaqada 2018-2019 yillardagi o’sish 4 foizni tashkil etadi. Bu o’n yil davomida kuzatilgan o’rta o’sish darajasiga qaraganda 9 foizga kam.

Agar O’zbekiston haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, joriy va keyingi yildagi prognozimiz 5 foiz (YaIM o’sishi bo’yicha - tahr.)", - dedi Kaxkonen hisobot chog’ida.

Shuningdek, XVJ vakili hozirda O’zbekiston uchun asosiy chaqiriq -davlat korxonalari islohoti va narxlarning tegishli erkinlashtirilishi ekanini ma'lum qildi.

O’zbekiston Markaziy banki juda to’g’ri siyosat olib bormoqda deb hisoblaymiz. Monetar siyosatni ham qat'iy olib borish kerak, inflyatsiya o’sish nazorati bo’yicha faol choralar ko’rilmoqda”,- deb qo’shimcha qildi Kaxkonen.

Xalqaro valyuta fondi ma'lumotiga ko’ra, 2018 yilda O’zbekistonda inflyatsiya 19,2 foiz, 2019 yil esa 14,9 foiz darajasida bo’lishi kutilmoqda.

Markaziy bank raisi o’rinbosari Ilhom Norqulov esa hukumat 2018 yil yakunida YaIM 5,2-5,5 %, keyingi yilda 5,4 foiz atrofida o’sish darajasini kutayotganini ma'lum qildi. Inflyatsiya darajasi 16-17 foiz va 13-15 foiz bo’ladi.

“Monetar omillarni, inflyatsiya darajasini pasaytirib boramiz keyingi yildan”, - deb va'da berdi Norqulov.

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, O’zbekiston iste'molchilar bozorida inflyatsiya 2017 yil yakunida 14,4 foiz tashkil etgan. 2016 yilga nisbatan (5,7 foiz) uning 2,5 baravarga ko’pligi milliy valyuta - so’mning qadrsizlanishi va mamlakatda valyuta bozorinining erkinlashishiga bog’liq.

O’zbekiston Hukumati ma'lumotiga ko’ra, 2017 yil yakunida davlat YaIM 5,5 foizga o’sgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O’zbekiston YaIM o’sish darajasi prognozini 2018 yilda aprel oyidagi 5,5 foizdan to 4,9 %foizgacha pasaytirgan. YaIM prognozini pasayishi milliy valyutaning o’tgan yil qadrsizlanishiga bog’liq deb qayd etishdi bank ekspertlari. Shu bilan birga OTB O’zbekistonda 2018 yilda inflatsiya prognozini 16 foiz va 2019 yilda esa 14 foiz miqdorida qoldirgan. 2017 yil yakunida bu 14,4 foiz tashkil etgan edi.