Kirish

Bir kunda miyaga qancha fikr kelib-ketadi?

  • Bo'lim: BLOG

Ishonish qiyin, ammo hisoblashlaricha, insonda bir kunda o’rtacha 100 000 fikr kelarkan. Ha, juda ko’p! Afsuski, bu yugurdak hayollarimizning kattagina salbiy qismi jismoniy holatimiz, kayfiyatimiz, butun hayotimizda salbiy aks etishi mumkin.

Agar bir kundagi o’ylarimizning yarmidan ko’prog’i ijobiy bo’lganda ham, omadim chopdi, deyavering...

Yorug’lik tezligi fikrning tezligi oldida hech narsa emas. Agar yorug’lik 300000 km/s tezlikda tarqalsa, fikr lahzada tarqaladi.

Fikr efirlar orasida o’tkazuvchan elektrdan ham ancha nozik ekan. Va eng qizig’i, fikr ohangrabo singari o’ziga tortish hususiyatiga ham ega.

Yaxshi fikr yaxshi voqea-hodisalarni, yomon fikr noxushliklarni o’ziga tortadi.

Hayotingizning asosiy qahramoni o’zingiz ekanligini hisobga olsak, umringizni mazmunli o’tkazish uchun bu minglab kelib-ketuvchi fikrlarni boshqarishingiz kerak bo’ladi.

Bir kapalak sabog’i

Qadimda shogirdlari ko’p bir donishmand bor edi. Ular orasida zukkorog’i ustozini sinamoqchi bo’ldi. “Ustozim to’g’ri javob bera olmaydigan savol beraman”, - deb o’yladi u.

Bog’da uchib yurgan eng chiroyli kapalakni tutdi va kafti orasiga bekitdi. Ustozining yoniga tabassum bilan keldi va so’radi:

- “Aytingchi, qo’limdagi kapalak tirikmi yo o’likmi?”

U kaftida kapalakni maxkam tutib turarkan, donishmand o’lik desa kaftini ochib kapalakni uchirib yuborishni, tirik desa sekin qisib o’ldirib, keyin kaftini ochishni mo’ljalladi.

Donishmand shogirdining qo’liga qiyo ham boqmay, javob berdi:

- Hammasi o’z qo’lingda.

Internet sarhadlaridan