Kirish
So'nggi yangilanish: 21.06.2018

Hayotning paydo bo'lishi to'g'risidagi tushuncha va tajribalar

     Hayot tushunchasining ta'rifi. hayotning mohiyatini to'g'ri tushunish biologiyaning eng asosiy masalalaridan biridir. Hayotning shakllari juda ham xilma-xil ko'rinishlarga ega. Ammo tirik organizmlar uchun umumiy bo'lgan va ularni o'lik tabiatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlarni bilish zarur. Hayot materiyaning asosiy shaklidir, u materiya harakatining biologik formasidir.

Tabiat

     Tabiat tushunchasi keng ma'nodagi falsafiy tushunchalardan biridir. Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va ko'rinishlari bilan insonni qurshab turgan moddiy olam, butun mavjudotdan iboratdir. Lekin, «Tabiat» tushunchasini «Borliq» tushunchasi bilan aynanlashtirmaslik lozim. Borliq tushunchasi mazmun jihatidan keng bo'lib ijtimoiy, ma'naviy borliqni ham o'z ichiga oladi.

Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar

     Ilmiy tehnika taraqqiyoti tufayli, insonlarning tabiatga ta`siri hozirgi davrda eng muxim muammolardan biriga aylandi. Shuning uchun ham tabiiy boyliklardan foydalanish, qayta tiklash va muxofaza qulish eng asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va hatto siyosiy muammolarga aylanmoqda.