Kirish
So'nggi yangilanish: 21.06.2018

Siyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik

     Qadimgi davrlardanoq olimlar geografik muhitning inson siyosiy hayotiga ta’sirini o’rganishga qiziqqanlar. Arastu o’zining "Siyosat" deb nomlangan asarida quyidagi fikrni aytib o’tgan: Iqlimi sovuq bo’lgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilar dovyurak bo’lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar qilishga moyillik yo’q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan ko’proq vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o’z qo’shinlariga boshchilik qilish va ularni boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy xalqlar, aksincha, chuqur o’ylaydigan va qiyin holatlardan chiqib ketishga ustadirlar.

Geosiyosiy bosqichlar

     Insoniyat  tarixini  geosiyosiy  nuqtayi  nazardan  geosiyosiy  bosqichlarning  yoki  ma’lum  bir kuchlarning navbatma-navbat almashinib kelishi sifatida qarash mumkin. Har bir geosiyosiy bosqich kuchlar muvozanatiga, ta’sir doirasiga va chegaralariga ega bo’ladi.