Kirish
So'nggi yangilanish: 21.06.2018

“Davlat tushunchasi va mohiyati”

     1. Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish mumkin. Davlatning vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan. Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli sinflarni vujudga keltirgan, ya’ni hukmron va qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarni vujudga kelishi uchun faqatgina moddiy ehtiyoj sabab bo’lgan.

Saylov tizimini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish yo'lida

    Fuqarolarning saylov huquqlarini qonunchilik yo'li bilan mustahkamlab qo'yish, ularning erkin amalga oshirilishini ta'minlash demokratik huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Saylovlar demokratik jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining ajralmas elementi, aholi xohish-irodasini ifoda etish, xalq suverenitetini ro'yobga chiqarishning asosiy shaklidir.

Ijtimoiy adolat sari yana bir muhim qadam

     Davlatimiz rahbarining 2005 yil 1 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida»gi Farmonini huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lida mamlakatimizda olib borilayotgan izchil harakatning davomi deb aytish mumkin. Binobarin, bunday sa'y-harakatlar jinoiy jazoni yanada erkinlashtirish, shu jumladan o'lim jazosini bekor qilish zarurat ekanligini tushunishni odamlar ongiga singdirdi.

Jinoiy jazo tizimida o'lim jazosini bekor qilish: davr talabi va vazifalar

     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustda “O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida”gi Farmonining qabul qilinishi, jamiyatimizda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish yo'lidagi sa'y harakatning, alohida ahamiyatga ega bo'lgan muhim bosqichini boshlab berdi.