Kirish
So'nggi yangilanish: 27.05.2018

Muvaffaqiyatga erishishning oltin qoidalari

Vaqt - insonning eng katta sarmoyasi. Muvaffaqiyat siri ana shu sarmoyadan unumli foydalanishda. So’zimiz isboti uchun ulug’lar hayotiga, qilgan ishlariga nazar tashlasak, kifoya. Ular vaqt isrofidan saqlanishgan, qanday ish bo’lmasin, jiddiylik bilan yondoshishgan, doim izlanishda, intilishda bo’lishgan. Biz ko’pincha vaqt yetishmayotganidan noliymiz. Holbuki, ulug’lar yashagan davr bilan hozirgi paytning vaqt o’lchovlari farq qilmaydi. Demak, farq - o’zimizda.

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 312

Ibratli hikoya: ASL BOYLIK

Bir kambag’al odam Janobi Haqqa noliy boshlabdi:

- Ey Yaratgan Egam, nega meni boshqa bandalaringdan kam ko’rding, rizqimni tor qilding?!

Bir yo’lovchi uning gapini eshitib qolib so’rabdi:

- Birodar, tinchlikmi? Nimadan norozisan?!

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 355

Boy bo’lish uchun nima qilish kerak?

Amerikalik psixolog olim Xarv Eker uzoq kuzatishlar olib borib boy, o’rtahol va kambag’al insonlar o’rtasidagi psixologik farqni o’rgandi. Uzoq vaqt psixologik so’rovlar va tadqiqotlari natijasida shu narsa malum bo’ldiki, insonning millioner yoki kambag’al bo’lishi uning mehnatiga yoki bilimiga bog’liq emas ekan. Unda nimaga bog’liq deysizmi?

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 431

Boylik yaxshimi yoki kambag’allik?

Inson fe'l-atvori juda qiziq: hech narsaga rozi bo’lmaydi, na issiqqa ko’nadi, na sovuqqa.Kambag’alligida nuqul boyib ketishni, qo’liga katta pul tushib qolganda chiroyli uylar qurishni, shohona dasturxonlar solib, katta to’ylar qilishni, so’nggi rusumdagi mashina olishni orzu qiladi. Bolasiga ham tinmay: “Boyib ketsam, uni oberaman, buni sovg’a qilaman”, deb va'dalar beradi. Bir kuni kelib boyib ham ketadi, avval orzu qilgan hamma narsasiga erishadi. Hatto o’zi kutganidan ham ko’p mol-dunyoga ega bo’ladi. “Endi u maqsadiga erishib, xotirjam bo’lgandir, ne'matlarga g’arq holda mazza qilib yashayotgandir. Puli yo’qligida orzu qilganiday, oilasini yetaklab jahon kezgani sayohatga jo’nagandir yoki mol-dunyo bilan o’ralashib qolganida unutilgan sevimli mashg’ulotlariga qaytgandir?” deb o’ylayotgan bo’lsangiz, adashasiz. Uning avvalgi tashvishlari o’n baravar ortib ketgan: qo’lga kiritgan boyligini qanday qilib ko’paytirish, uni tajovuzlardan asrash, foydani qaysi ishlarga yo’naltirish haqidagi rejalarga boshi bilan sho’ng’igan.

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 459