Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

2050 yilga qadar dunyo iqtisodiyotida qanday o’zgarishlar yuz beradi?

  • Muallif: A. Abdurahmonov
  • Bo'lim: MAQOLALAR

Kelajakni bilish qiziqarli, ayniqsa u iqtisodiy sohada bo’lsa. Sababi bugungi dunyoning manaman degan mamlakatlari o’z e’tiborini birinchi o’rinlarda iqtisodiyotini yuksaltirishga qaratadi. Chunki iqtisodiy jihatdan qudratli bo’lgan mamlakat barcha jabhalarda o’zining sezilarli ta’sir doirasiga ega bo’ladi.

Xo’sh, kelajakda dunyo iqtisodiyotlarida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?

2050 yilga qadar biz bilgan bugungi iqtisodiyot keskin darajada o’zgaradi. Sayyoramizning bugungi iqtisodiy va moliyaviy jihatdan qudratli bo’lgan mamlakatlari ham bundan mustasno emas. Bu turli hildagi axborot-tahliliy tashkilotlarning yillik hisobotlarida ham o’z aksini topgan. Xususan, PwC tomonidan taqdim etilgan tahliliy hisobotga nazar tashlaydigan bo’lsak, keyingi 33 yil davomida dunyoning iqtisodiy ko’rinishi qay darajada o’zgarishini bilib olishimiz qiyin emas.

Ma’lumotlarga qaraganda 2050 yilga qadar bugungi dunyoning iqtisodiy jihatdan gigant davlatlari orasida keskin o’zgarishlar yuz beradi, ya’ni kuchlilar o’z joyini nisbatan kuchsizlarga bo’shatib beradi.

2050 yilga qadar dunyoning 32 davlati yalpi ichki mahsulot (xarid qobiliyati pariteti bo’yicha) miqdorida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ladi. (Ma’lumot uchun: yalpi ichki mahsulot - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig’indisi).

AQShni hisobga olmaganda, dunyoning bugungi eng qudratli iqtisodiyotga ega davlatlari, Yaponiya va Germaniya global reytingda pastga qulaydi. Ularning o’rnini rivojlanib borayotgan iqtisodiyotlar, ya’ni Hindiston va Indoneziya kabi mamlakatlar egallaydi. Xo’sh 2050 yilda qaysi davlat iqtisodiy jihatdan qudratli bo’ladi? Buni quyidagi reyting bilan tanishish orqali bilib olishimiz mumkin (quyida keltirilgan barcha raqamlar AQSh dollarida berilgan).

32. Niderlandiya - 1.496 trillion.

31. Kolumbiya - 2.074 trillion.

30. Polsha - 2.103 trillion.

29. Argentina - 2.365 trillion.

28. Avstraliya - 2.564 trillion.

27. Janubiy Afrika - 2.570 trillion.

26. Ispaniya - 2.732 trillion.

25. Tayland - 2.782 trillion.

24. Malayziya - 2.815 trillion.

23. Bangladesh - 3.064 trillion.

22. Kanada - 3.1 trillion.

21. Italiya - 3.115 trillion.

20. Vetnam - 3.176 trillion.

19. Filippin - 3.334 trillion.

18. Janubiy Koreya - 3.539 trillion.

17. Eron - 3.900 trillion.

16. Pokiston - 4.236 trillion.

15. Misr - 4.333 trillion.

14. Nigeria - 4.348 trillion.

13. Saudiya Arabistoni - 4.694 trillion.

12. Fransiya - 4.705 trillion.

11. Turkiya - 5.184 trillion.

10. Buyuk Britaniya - 5.369 trillion.

9. Germaniya - 6.138 trillion.

8. Yaponiya - 6.779 trillion.

7. Meksika - 6.863 trillion.

6. Rossiya - 7.131 trillion.

5. Braziliya - 7.540 trillion.

4. Indoneziya - 10.502 trillion.

3. AQSh - 34.102 trillion.

2. Hindiston - 44.128 trillion.

1. Xitoy - 58.499 trillion.