Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

2017 yilning eng qadrsiz valyutasi qaysi?...

  • Muallif: A. Abdurahmonov
  • Bo'lim: MAQOLALAR

2017 yil yakunlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak kriptovalyutaga investitsiya kiritgan investor eng yuqori foydaga erishgan (6000% gacha). Shunday bo’lsada ko’pchilikda odatdagidek ushbu valyutaga bo’lgan ishonchsizlik yuqori darajada. Shu munosabat bilan Bloomberg mutaxassislari investorlar uchun yuqori daromad keltirgan va o’z novbatida ko’proq yo’qotishlarga sababchi bo’lgan valyutalar reytingini taqdim etdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, yilning eng ko’p foyda keltirgan valyutasi Mozambik metikali bo’lib 2017 yilda uning dollarga nisbatan kursi 21 foizga o’sgan (2005 yilda Mozambik valyutasi dunyodagi eng kuchsiz valyuta deb e’lon qilingandi). Undan keyingi o’rinlarni 18 foizlik o’sish bilan Chexiya kronasi va Polsha zlotiysi egallagan.

2017 yil yakunlari bo’yicha o’zbek so’mi eng qadrsiz valyuta deya e’lon qilindi. Uning kursi 2017 yilda 60 foizga pasaygan. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, sentyabrning boshlarida O’zbekiston Markaziy Banki milliy valyutaning dollarga nisbatan kursini 4210 so’mdan 8100 so’mga oshirgan. Hozirgi vaqtda mamlakatdagi eng yirik kupyura qiymati 50 ming so’mga teng bo’lib, uning dollarga nisbatan qiymati 6 dollardan biroz ko’proq bo’ladi.

Qimmatbaxo qog’ozlar orasida Gretsiya (60%), Beliza (38,7%), Argentina (30%), Salvador (29%) va Angola (28,9%) davlat obligatsiyalari eng yuqori o’sish ko’rsatkichlarini qayd etgan. Shuningdek korporativ obligatsiyalar orasida Gollandiyaning Ajecorp (+82,8%), Amerikaning Chinos Intermediate Holdings A (+79%) va Pinnacle Operating Corporation (+76,6%) obligatsiyalari keskin o’sgan. Eng ko’p yo’qotishga Venesuela davlat obligatsiyalari uchragan (-55%).