Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Boy bo’lish uchun nima qilish kerak?

Amerikalik psixolog olim Xarv Eker uzoq kuzatishlar olib borib boy, o’rtahol va kambag’al insonlar o’rtasidagi psixologik farqni o’rgandi. Uzoq vaqt psixologik so’rovlar va tadqiqotlari natijasida shu narsa malum bo’ldiki, insonning millioner yoki kambag’al bo’lishi uning mehnatiga yoki bilimiga bog’liq emas ekan. Unda nimaga bog’liq deysizmi?

Insonning psixologiyasiga ya’ni qanday fikrlashiga bog’liq ekan.

U quyidagicha misol keltiradi. Masalan: Agar butun dunyo aholisi boyligini tortib olib, keyin qaytadan barchaga teng taqsimlab beraylik. Nima bo’lar ekan?!

Albatta, avvalgi boylar yana boy bo’ladi. Avvalgi kambag’allar yana kambag’allashadi.

Bunga sabab nima?

Sabab, boylar kabi fikrlash insonni boy qiladi. Kambag’al kabi fikrlash insonni kambag’al qiladi. Kambag’al va o’rtahol insonlar fikrlashlari odatda bir-biriga o’xshash bo’ladi. Va bunday fikrlash ularni kambag’al bo’lishiga yoki o’rtahol bo’lishiga sababdir. Millionerlar, boylar (Manaviy va aqliy tomondan boy) kishilarning bunday bo’lishiga sabab esa ularni fikrlashi ekan.

Inson o’z psixologiyasini ya’ni fikrlashini o’zgartirsa, u o’z hayotini ham o’zgartiradi.

1-fikrlash: Boy insonlar har bir narsadaning foyda tomonini ko’radi. Kambag’al esa har narsaning salbiy tomonini ko’radi. Boy: Ko’lmakda oyni ko’radi, Kambag’al: Ko’lmakda loyni ko’radi.

2-fikrlash:Boy insonlar pulni ko’proq topish va jamlashni o’ylaydi. Kambag’al insonlar pulni ko’proq sarflashni o’ylaydi.

3-fikrlash:Boy insonlar doim ilm olishga yangiliklarni bilishga intiladi. Kambag’al insonlar hamma narsani bilaman deb o’ylaydi.

4-fikrlash:Boy insonlar qilgan mehnati va natijasiga qarab daromad ko’rishni maqul ko’radi. Kambag’al insonlar ishlagan vaqtiga yarasha pul topishni maqul ko’radi.

5-fikrlash:Boy insonlar muvaffaqiyatli kishilarga havas qiladi. Kambag’al insonlar muvaffaqiyatli kishilarga hasad qiladi.

6-fikrlash:Boy insonlar boy bo’lish uchun tinmay mehnat qiladi. Kambag’al insonlar esa boy bo’lishni orzu qiladi.

7-fikrlash:Boy insonlar katta narsalar haqida, global muammolar haqida o’ylaydi. Kambag’al insonlar esa kichik narsalar yoki faqat o’z uy joyi haqida o’ylaydi.

8-fikrlash:Boy insonlar faqat g’alaba yo’llarini izlaydi. Kambag’al insonlar esa yutqazmaslik yo’llarini o’ylaydi.

9-fikrlash:Boy insonlar-do’stlarimga yordamim tegadi deb o’ylaydi. Kambag’al insonlar - do’stlarimni menga yordami tegadi deb fikrlaydi.

10-fikrlash:Boy insonlar ko’proq sotishni yaxshi ko’radi, kambag’al insonlar ko’proq sotib olishni yaxshi ko’radi.

11-fikrlash:Boy insonlar faol mehnat qilishni o’ylaydi, kambag’al insonlar ko’proq dam olishni o’ylaydi.

12-fikrlash:Boy insonlar tavakkal qilishni yaxshi ko’radi. Kambag’al insonlar 7 o’lchab bir kesishni yaxshi ko’radi.

Psixolog Xarv Eker, aytishicha: inson boy yoki millioner bo’lishi uchun faqatgina bitta narsani yani, o’z fikrlashini o’zgartirsa bas!