Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Ibn Sino haqida ibratli hikoyat

Ibn Sino yashagan mahallada bir oila bo’lardi. U oilaning bittayu bitta qizi bo’lib, judayam injiq, qo’pol, erka bo’lib voyaga yetgan edi. Bu qizning tilidan ozor yetmagan kimsa qolmasdi.

Ibn Sinoni uylanadigan vaqti kelib ota-onasi uylanishga ko’ndirishadi, lekin qizni Ibn Sinoning o’zi tanlashi kerak edi.

Shunda Ibn Sino o’sha mahallasidagi qo’pol, erkatoy qizga uylanishini aytadi.

Ota-ona bunga qarshilik qilishmadi, chunki u baribir o’zi aytganiga uylanadi.

Oradan sekin-asta kunlar o’ta boshlaydi ma'lum bir vaqt o’tgach, qizning ota-onasi kelib qarasa, qizi jiddiy, oqila, xushmuomala, kamtarin bo’lib qolgan, xech kimga ortiqcha gapirmasdi.

Buni ko’rgan ota o’zini yo’qotib qo’yadi va qizdan so’raydi:

U seni nima qildi zaharladimi yoki dori berdimi, nimaga bunaqa bo’lib qolding. Ilgari bunaqa emas edingku?!

Ibn Sinoni nima qilay ayt - deganda.

Qiz:

- U menga xech qanday dori ham, zahar ham bermadi.

Faqat “MEHR” berdi, oqibat berdi degan ekan. Ota-ona o’z-o’zidan afsuslanishadi!

Ha Azizlar, atrofimizdagi insonlarga mehr-muruvvatli, oqibatli bo’laylik! Ayniqsa,farzanlarga ular qanchalik mehrga zorligini tasavvur ham qilolmaysizlar...