Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Borliqning 7 muhim qoidasi

Hayotni yanada yengillashtiruvchi, maqsadlar sari yo’lni osonlashtiruvchi bir qancha qoidalar mavjud. Ular hayotda muvaffaqiyatga erishishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Quyida mashhur psixolog Rendi Geydj’ning insonning muvaffaqiyatga erishishi va o’z-o’zini rivojlantirishini ta’minlovchi bir qancha qoidalarini keltirib o’tamiz.

1. Bo’shatish qoidasi.

Agar sizga yangi poyafzal kerak bo’lsa, eskisini tashlab yuboring. Agar sizga yangi kiyim kerak bo’lsa, shkafingizni tozalang. Siz, stereotiplaringizdan o’z xohishingiz bilan xayrlashishingiz kerak.

2. Aylanish qonuni.

Istaganingizni qo’lga kiritish uchun ega bo’lganlaringizdan voz kechishga tayyor turing.

3. Tasavvur qonuni.

Tasavvuringizni yorqinlashtiring. O’zingiz ideal deb bilgan kunni tasavvur qilib yozing va uni o’zingiz ishongan odamdan tashqari hech kimga ko’rsatmang. Bu yozganingizni o’zingizga yaqin joyda saqlang. Bo’sh vaqtingizda uni qayta-qayta o’qib turing.

4. Ijod qonuni.

Inson hayolotida katta energiyaga ega bo’lib, ulkan yutuqlarga ega bo’lishi mumkin.

5. Olish va berish qonuni.

Agar siz 1 chaqa ehson qilsangiz u sizga 10 karra ko’p bo’lib qaytib keladi. Agar yaxshilikka ega bo’lsangiz uni albatta odamlar bilan bo’lishing. Xudo bergan ne'matlardan foydalaning va boshqalarga ham ulashing. Agar ulardan unumli foydalanmasangiz siz ularni uvol qilgan bo’lasiz.

6. O’ninchilar qonuni.

Borliq doim o’z o’ninchisini oladi. Siz hech qachon sizning «o’ninchi»ngiz qanday sizga qaytib kelishini bilmaysiz. Pul -oddiy keladi. Lekin biz aytayotgan o’ninchi do’st ko’rinishida, salomatlik ko’rinishida ham kelishi mumkin.

7. Hammasini kechirish qonuni.

Agar siz odamlarni kechira olmasangiz, siz o’z boyligingizni qabul qila olmaysiz. Agar qalbingizni hasad egallagan bo’lsa u yerda muhabbatga joy qolmaydi. Siz, sizni kemirayotgan salbiy his tuyg’ulardan uzoq bo’ling.