Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Begona davralarga qo’shilib qolganingizda o’zingizni qanday tutishingiz lozim?

  • Bo'lim: BLOG

Begona davralarga qo’shilib qolganingizda o’zingizni noqulay his etasizmi?

Gapni nimadan boshlashni bilmay, o’ylanib qolasizmi?

Atrofdagilarda o’zingiz haqingizda salbiy taassurot qoldirishdan cho’chiysizmi?

Demak, bugungi tavsiyalarimiz aynan siz uchun!

Har bir inson o’ziga yarasha xulq-atvorga ega. Kimdir notanish davrlarda ham o’zini erkin his etib, tez fursat ichida davra suhbatiga qo’shilib ketsa, kimdir o’zini butunlay boshqa olamga tushib qolganday his qiladi.

Ko’pchilik insonlar notanish davralardan qochishga ya’ni, tez orada davrani tark etishni yoki hech bir so’z aytmay, jimgina davra suhbatini tinglab o’tirishni afzal ko’rishadi.

Shuni unutmangki, kirishuvchanlik tortinchoqlikka nisbatan yuqori baholanadi. Siz qanchalik tez begona davra ishtirokchilari bilan suhbatga kirishib, til topishib ketsangiz, bu ko’p hollarda sizning foydangizga xizmat qilishi mumkin, ishonavering.

Atrofdagilar bilan tezda til topishib ketuvchilar, tortinchoq va kamgaplarga nisbatan bir necha barobar tez o’z maqsadlariga yetar ekanlar. Ya’ni, kirishuvchan inson atrofdagi begonalar bilan tezda til topishib, ish bitirish imkoniga ega bo’ladi.

O’ylab ko’ring, balki siz bu begona davraga bejizga qo’shilib qolmagandirsiz. Siz tanimaydigan insonlar orasida sizga yordam bera oluvchi, maslahat orqali yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi yoki siz bilan hamkorlikda o’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan shaxslar ham bordir. Bu sizning imkoniyatingiz ham bo’lishi mumkin.

Shunday ekan, har qanday vaziyatda ham o’zingizni begonalardan olib qochishga undamang. Biroq, sir boy bermagan holda o’sha begona odamni o’rganib chiqishga harakat qiling. Buning uchun esa albatta u bilan suhbatga kirishishingizga to’g’ri keladi.

Manba: hordiq.uz