Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

YETTB 2018-2019 yillarda Markaziy Osiyoda iqtisodiy o’sish sur'atlari sekinlashishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

  • Bo'lim: BLOG

2018-2019 yillarda Markaziy Osiyo iqtisodiy o’sish sekinlashadi. Bu Mintaqada byudjetni konsolidatsiya qilish va qazib olish sektorida o’sish sur'atlarini pasaytirish zarurligini aks ettiradi, deya xabar qildi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vakili.

2019 yilda qazib olish sektoridagi daromadlar pasayishi va inflyatsiyaning o’sishi sharoitida o’sish sur'atlari 4,2 foizga qadar pasayishi kutilmoqda. Hisobotda qayd etilishicha, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonga pul o’tkazmalari hajmlarining qayta tiklanishi kuzatiladi, biroq ular 2013-2014 yillardagi inqirozga qadar bo’lgan ko’rsatkichlardan pastligicha qoladi.

O’zbekistonda iqtisodiy o’sish joriy yilda birmuncha sekinlashgani savdo muvozanatining defitsitga o’tgani va narxlar o’sishi ortidan uy xo’jaliklarida iste'mol darajasining o’sishi sustlashganida aks etmoqda.

O’sish sur'atlari 2017 yildagi 5,3 foizdan inflyatsiya va savdo balansi defitsitining yanada ortishi oqibatida aholining real daromadlari o’sishining sustlashishi natijasida 2018 yilda 5 foizgacha, 2019 yilda esa 4,5 foizgacha pasayishi mumkin.

Qozog’istonda o’sish sur'atlari neft qazib olishdagi daromadlar pasayishi natijasida 2017 yilga nisbatan 2018 yilda 4 foiz, 2019 yilda esa 3,5 foizgacha sekinlashadi.

Qirg’izistonda 2019 yilda iqtisodiyotning o’sish sur'atlari 2018 yilga qaraganda bir oz jadallashib, 3,2 foizga yetadi. Bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tayyor mahsulotlar eksporti ortishi, shuningdek xorijdan pul o’tkazmalarining o’sishi bilan asoslanmoqda.

Tojikistonda asosiy kapitalga investitsiyalar kiritilishi va pul o’tkazmalari hajmlarining qayta tiklanishi davom etishi iqtisodiyotning o’sishini qo’llab-quvvatlaydi, deyiladi YETTB hisobotida. Shu bilan birga, tojik iqtisodiyoti byudjet muammolari, davlat qarzlari holatining yomonlashuvi, moliyaviy sektordagi hal etilmagan muammolar va investitsion muhitdagi sezilarli cheklovlar bilan to’qnash keladi.

Mazkur salbiy omillar, bank ekspertlari fikricha, yaqin yillarda iqtisodiy istiqbollarning yomonlashuviga, natijada o’sish sur'atlari 2018 yilda 6,1 foiz, 2019 yilda 5 foizga qadar sekinlashadi.

Turkmanistonda o’sish sur'atlari, prognozlarga ko’ra, 2017 yildagi 6,5 foizdan 2018 yilda 6,2 foiz, 2019 yilda 5,6 foizga sekinlashadi. Byudjet mablag’larini ajratish hisobiga o’sishni rag’batlantirish byudjetni konsolidatsiya qilish sohasidagi qo’llanilayotgan choralar sababli cheklangan xususiyat kasb etadi. O’sish sur'atlarining sekinlashuviga biznes yuritishni qiyinlashtiruvchi omillar-ichki iste'molning qisqarishi va xorijiy valyuta defitsiti ham sabab bo’ladi.

Manba: sof.uz