Kirish
So'nggi yangilanish: 16.06.2018

Investitsiya – taraqqiyot tayanchi

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonun yo’li bilan keng ko’lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi. 

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 5975

O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’li

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga to’liq va aniq javob berishi alohida ahamiyatga ega.

O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan yaxshilash va uni modernizatsiyalashda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Buning samarasi bugungi kunda mamlaktimizda joriy qilinilayotgan islohotlar zamirida namoyon bo’lmoqda.

O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’li muhim ahamiyat kasb etishi barchamizga ma’lum. Chunki biz bilamizki makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining  barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur'atlarini va to‘lov balansining muvozanatini ta'minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini  o‘rganadi. Makroiqtisodiyot o’z navbatida quyidagi uch yo’nalishni o’zida qamrab oladi. Bular: milliy iqtisodiyot, davlat tomonidan  iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish, jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni   boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 6081

Istiqlol yillarida o’zbek madaniy hayotidagi o’zgarishlar

Bugungi kunda mamlakatimizda juda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi zamirida xalqimiz farovonligi, yoshlarimiz kelajagi, mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi mujassamlashgandir. Takidlash joizki mamlakat taraqqiyoti yoshlar qo’lidadir agar ular tinmay izlanish orqali o’z bilim saviyalarini oshirib borsalar mamlakatimiz  yuqori maralar sari ildam olg’a siljib boradi. Vaholanki o’zbek xalqi dunyoni larzaga keltira oladigan tarix egasidir. Biz shuni unitmasligiz lozimki bizning ajdodlarimizning buyukligiga dunyolar tan bergan va shuning barobarida biz ajdodlarimizga munosib avlod bo’lishimiz bizning burchimizdir.

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 12888

Innovatsion iqtisodiyot va yoshlar

Hozirgi vaqtda  innovatsion  iqtisodiyot  har  bir  mamlakatda  alohida  o’ziga  xos  o’ringa  ega  bo’lgan  holda  o’sha  mamlakatning  iqtisodiyotini  yuksaltirishi  va  o’z  navbatida  bu  mamlakatni  jahon  hamjamiyatida  alohida  yuqori  o’rinni  egallashi  uchun  hizmat  qiladi  degan  fikrni  qo’rqmay  o’rtaga   tashlashimiz  va    takidlab  o’tishimiz  mumkun. Agarda  biz  “Innnovatsion  iqtisodiyot  va  yoshlar”  mavzusiga  to’xtalar  ekanmiz  biz  avvalambor  “innovatsiya”  tushunchasiga  e’tibor  qaratishimiz  lozimdir. Hozirgi  vaqtda bu  tushuncha  juda  keng  miqyosda  talqin  qilinmoqda. Innovatsiya  so’zi  aslida  ingilizcha  “innovation”  so’zidan  olingan  bo’lib  “yangilik  kiritish” degan  ma’noni  bildirgan  holda  tizim  ichki  tuzilishini  o’zgartirish  deya  ta’riflanadi. Demak,  innovatsiya  shunday  bir  tizimki,  bu  tizim  orqali  yangilik  kiritishimiz, ishlab  chiqarish   sohasini  rivojlantirish  uchun  yangi  texnalogiyalar  jalb  qilishimiz  va  biz  ishlayotgan  tizimni  yangilashimiz mumkundir. 

  • Bo'lim: MAQOLALAR
  • Ko'rildi: 7557