Kirish

"TELEGRAM" messendjeri haqida faktlar

TELEGRAM" - asosan smartfonlar uchun mo’ljallangan, har xil tipdagi fayllar va xabarlarni almashinish maqsadida yaratilgan messendjer hisoblanadi. Foydalanuvchilar telefon nomerlari orqali ro’yxatdan o’tishadi. Hozirgi kunda bu messendjer juda mashhur hisoblanadi.

"TELEGRAM"ga oid quyidagi faktlar mavjud:

- Messendjer asoschilari aka-uka Durovlar hisoblanishadi;

- "TELEGRAM" IOS, Android, Windows Phone, Win, Mac OS va Linux  kabi operatsion tizimlarda ishlaydi;

- 2013-yilda yaratilgan bo’lib, 2014 yil fevral oyida, AKTIV foydalanuvchilar soni bo’yicha  mashhur Viber va WhatsApp messendjerlarini ortda qoldirdi.

- 2013-yil 14-avgustda dastlabki "TELEGRAM" kliyenti iOS uchun paydo bo’ldi;

- 2013-yil 22-avgustda Android platformasi uchun, "TELEGRAM" messendjeri yaratildi;

- Shu yil oktyabr oyida messendjerning «telegram.org» nomli sayti ishga tushdi;

- "TELEGRAM" orqali 1 Gb hajmgacha bo’lgan faylni jo’natish va bir vaqtning o’zida 100 ta foydalanuvchigacha chatni amalga oshirish mumkin.

- Bu messendjer yaratuvchilari xavsizlikka katta e’tibor berishadi. Shuning uchun, havfsizlikni buzish bo’yicha har xil musobaqalar uyushtirib, sovrin sifatida katta hajmdagi pul mukofotlari vada qilishadi;

- Messendjerning ishlash tezligi juda katta bo’lib, bunga ular har xil davlatlarda serverlar joylashtirish orqali erishgan, xosting bulutli (oblachnыy) hisoblanadi;

- Ma’lumotlar uzatish tizimi MtProto protokoli asosida amalga oshiriladi, bu protkol asoschisi Nikolay Durov hisoblanadi;

- Ko’p xalqaro proyektlardan farqli o’laroq "TELEGRAM" sahifasi mashhur Facebook ijtimoiy tarmog’ida mavjud emas, lekin Twitterda aktiv holda sahifa olib boradi;

- Eng katta yutug’i «"TELEGRAM" messendjerida reklama mavjud emas»;

- "TELEGRAM" messendjerini faqatgina 2 ta ro’yxatdan o’tgan versiyasi mavjud, ulardan biri iPhone, ikkinchisi Android uchun chiqarilgan. Messendjerning kodi ochiq holatda bo’lgani uchun, istalgan odam o’ziga moslab kliyent hosil qilib olishi mumkin;

- Serverlari dunyoning 5 ta davlatida joylashgan, yevropa foydalanuvchilari uchun Londondagi datacenter, osiyo uchun Singapurdagi datacenter, meksikaliklar uchun San-Fransiskodagi datacenterlar hizmat qiladi. Asosiy server degan tushuncha yo’q, hammasi birdek ishlaydi;

- "TELEGRAM"ning shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan;

- Datacenter dagi ma’lumotlar bir necha klasterlarda va ma’lum bir kalitlar asosida shifrlangan holda saqlanadi, ularni qo’lga kiritsangiz ham o’qiy olmaysiz;

- WhatsApp messendjeri asoschisi Yan Kum Pavel Durovni plagiatlikda aybladi va uni o’z g’oyasiga ega bo’lmagan va bo’lmaydi ham deb haqoratladi. Uni Facebook va WhatsApp proyektlarini ko’chiruvchi deb ham atadi;

- 2014-fevral ma’lumotiga ko’ra , «AppStore«dan 48 davlatda eng ko’p yuklangan tekin messendjer bo’lgan;

- 2014-yil mart oyi statistikasiga ko’ra, messendjer foydalanuvchilari soni 35 mlnga yetkan.

- Messendjer yaratuvchilari aytishicha telegram sotilmaydi!

 

SO'NGI YANGILIKLAR

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com