Kirish
Yangilandi: 20-Nov, 2017

INSON TANASI HAQIDAGI QIZIQARLI FAKTLAR

Miya

  • Nerv impulsi 270 km/s tezlikka ega.
  • Miya ish faoliyati uchun shunday energiya kerakki, hatto uning quvvatidan 10 vattli lampochka yoqish mumkin.

 

 

  • Inson miyasidagi bir hujayra istalgan ensklopediyadan 5 marta ko’p ma’lumot saqlash kuchiga ega.
  • Qon aylanish sistemasiga kiradigan Kislorodning 20%i miya uchun sarflanar ekan.
  • Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo’ladi.
  • Olimlarni aytishlaricha IQ darajasi baland odamlar ko’p tush ko’rarkan.
  • Neyronlar(miya hujayralari) insonni butun umri davomida o’sib rivojlanib boradi.
  • Axborotlar turli neyronlardan turlicha tezlikda tarqaladi.
  • Miyaning o’zi og’riqni his qilmas ekan.Miyaning 80%i suvdan iborat.

Sochlar va tirnoqlar

  • Yuzdagi tuklar tananing boshqa joydagilarga nisbatan tezroq o’sadi.
  • Kun ora inson o’rtacha 60 – 100 soch tolasi yo’qotadi.
  • Ayol kishining soch diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.
  • Insonning bir soch tolasi 100 g ga yaqin yukni ko’tara oladi.
  • O’rta barmoqdagi tirnoq boshqa barmoqdagi tirnoqlardan tezroq o’sadi.
  • Shimpanze tanasining 1 sm kvadrat qismidagi tuklar soni inson boshining 1 sm kvadrat qismidagi soch tolalari bilan teng miqdorda ekan.
  • Mala sochli odamlarda boshqa tusdagi sochli odamlarga nisbatan soch tolalar soni ko’proq ekan.
  • Qo’limizdagi tirnoqlar oyoqlardagi tirnoqlarga nisbatan 4 marta tezroq o’sadi.
  • Inson sochining o’rtacha umr davomiyligi 3-7 yil hisoblanadi.
  • Sezilarli kal bo’lish uchun sochlarni yarmini olib tashlash kerak bo’ladi.
  • Inson sochi doimiy yangilanib turadi.

Ichki a’zolar

  • Ichimizdagi eng katta ichki a’zo bu – ingichka ichakdir.
  • Inson yuragi shunday bosim yaratadiki, xatto qon 7 metr balandlikka sochilishi mumkin.
  • Oshqozonda hosil bo’ladigan kislota hatto britva lezviyasini butunlay yemirishga qodir.
  • Inson tanasidagi tomirlarning umumiy uzunligi – 96 kmga yaqin.
  • Oshqozon har 3-4 kun ichida mutloq yangilanadi.
  • O’pkani yoygandagi umumiy yuza tennis maydonining yuzi bilan teng.
  • Ayol kishining yuragi erkak kishining yuragiga nisbatan tezroq uradi.
  • Olimlarning aytishicha jigarning 500dan ortiq funksiyalari mavjud.
  • Aorta tomirning diametri bog’ sug’orishda quviri diametriga teng.
  • Yurak sig’ishi uchun chap o’pka o’ngdagisidan kichikroq.
  • Ichki organlarni ko’p qismini olib tashlab ham uzoq vaqt yashash mumkin.
  • Buyrak osti bezlari inson umri davomida o’z razmerini o’zgartirib boradi.
  • Tanamizning ajabtovur funksiyalari
  • Chuchkurish tezligi 160 km/soat ekan.
  • Yo’tal tezligi hatto 900 km/soatga yetadi.
  • Ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta ko’proq ko’zini ochib yumadi.
  • To’liq peshob pufakchasi softbol sportining koptogi razmeriga yetadi.
  • Inson hayoti davomida iste’mol qiladigan mahsulotlarning 75%ini suv tashkil etadi.
  • Oyoqlarimizda 500 000ga yaqin ter bezlari mavjud bo’lib, ular hatto kuniga 1 litrgacha ter ishlab chiqarishi mumkin.
  • Inson hayoti davomida shunchalik ko’p so’lak ishlab chiqaradiki, undan ikki basseyn hovuzini to’ldirish mumkin.
  • Inson tanasidan kuniga o’rtacha 14 marotaba gaz chiqaradi.
  • Quloqning ichki tomonidan ishlab chiqariladigan oltingugurt quloq salomatligi uchun foydali.

Sezgi

  • Tushlikdagi to’yib ovqatlanishdan so’ng biz yomonroq eshitamiz.
  • Har uch odamning birida 100 foizli ko’rish qobilyatiga ega.
  • Agar so’lakka nimadir aralashsa biz tam bila olmaymiz.
  • Hid bilish qobilyati erkaklarga nisbatan ayollarda kuchliroq.
  • Burun 50000 ga yaqin hidlarni saqlab qoladi.
  • Ko’z qorachig’i ozgina shovqin tufayli ham kattalashishi mumkin.
  • Har bir insonning o’zgacha isi(hidi) mavjud.

Qarilik

  • Inson 60 yoshga yetganda tam bilish retseptorlarini yarmini yo’qotadi.
  • Inson ko’zlari butun hayoti davomida bir razmerda, quloq va burunlar doimiy o’sib boradi.
  • 60 yoshga yetganda 60% erkaklar va 40% ayollar hurrak ota boshlaydi.
  • Bolaning bosh qismi tug’ilganda butun uzunligini chorak qismini, 25 yoshga kirganda esa 8 dan bir qismini tashkil etadi.

Kasalliklar va jarohatlar

  • Sovuq xonada uxlash inson sog’ligi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Quyosh nuralarida toblanganingizda kapilyar tomirlaringiz zararlanadi.
  • 90% kasalliklar stress natijasida kelib chiqadi.

Mushak va suyaklar

  • Siz jilmayish uchun 17, qoshlaringizni chimirish uchun esa 43ta mushaklaringizni harakatlantirasiz.
  • Bolalar 300ga yaqin suyak bilan tug’iladi, voyaga yetganlarida esa suyaklar soni 206 tani tashkil etadi.
  • Bo’yimiz kechqurunga qaraganda ertalab 1 santimetr baland bo’ladi.
  • Insonning eng kuchli muskuli bu – tildir.
  • Inson tanasidagi eng og’ir suyak bu – Jag’ suyagidir.
  • Bir qadam tashlash uchun biz 200ga yaqin mushaklarimizni harakatga keltiramiz.
  • Tish- hech qachon qayta tiklanmaydigan yagona tana azosi.
  • Muskullar shishidan ikki marta kam kichrayadi.
  • Bazibir suyaklar po’latdan qattiq.
  • Oyoq kaft suyaklari barcha suyaklarning chorak qismini tashkil etadi.

Hujayra miqyosida

  • Tananing 1 kvadrat santimetr joyida 16000 bakteriya mavjud.
  • Har 27 kun ichida sizning teringiz mutloq yangilanadi.
  • Har daqiqada inson tanasida 3 000 000 ga yaqin hujayra nodub bo’ladi.
  • Har soatda terining 600 000 dan ortiq qismi yo’qoladi.
  • Har kuni sog’lom inson tanasida 300 milliard yangi hujayralar paydo bo’ladi.
  • Tilning izlari o’zgachadir ular bir biriga o’xshamaydi.
  • Inson tanasidagi mavjud temir moddasidan hatto 6 santimetrli miq yasash mumkin.
  • Dunyoda eng ko’p tarqalgan qon gruppasi bu – I guruhdir.
  • Lablarning qizil bo’lishiga sabab – uning terisi ostida minglab kaplyar tomirlar mavjud.

Turli xil.

  • Odamlar yeguliksiz uzoq vaqt yashashi mumkin, ammo uxlamasdan yashay olmaydi.
  • Ko’z yoshi tarkibida lizotsim fermenti mavjud bo’lib, u ko’p bakteriyalarni yo’qotishga qodir.
  • Inson tanasining yarim soatdagi sarflaydigan energiya yarim lirt suvni qaynatishga sarflanadigan energiyaga teng.
  • Odamlar qo’rqqanida quloqlar ko’proq oltingugurt ishlab chiqaradi.
  • Siz o’zingizni hech qachon qitiqlay olmaysiz.
  • Qo’laringizni ikki tomonga keng ochkaningizdagi uzunlik bu sizning bo’yingiz uzunligi bilan teng.
  • Inson hissiyotlari sababli ko’z yosh to’kadigan(yig’laydigan) yagona mavjudot.
  • Ayollar erkaklarga nisbatan kuniga 50 kaloriya kam yog’ sarflaydi.
  • Burun va lablar orasidagi joy nomi – burun tarnovi deb ataladi.

SO'NGI YANGILIKLAR

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com