Kirish

Toshkent shahri

Toshkent – O`zbekistonning poytaxti, Markaziy Osiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo`lib, unda 2,3 mln kishi yashaydi. Bugun Toshkent nafaqat strategik xalqaro mavqega ega bo`lgan siyosiy markaz, balki Markaziy Osiyoning yirik sanoat-transport chorrahasidagi muhim iqtisodiy megapolisdir. 

O`zbekiston Prezidentining qarorgohi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shunindek, xorijiy elchixonalar, BMT va uning tarkibidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari Toshkentda joylashgan. Shahar sharqona tafakkur bo`yicha qayta qurilmoqda.

Sirdaryo viloyati

Maydoni 4,3 ming km.kv. Aholisi 750 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).   Shaharlar aholisi 325 ming kishidan ortiq. Qishloq aholisi 425 ming kishidan ortiq. Sirdaryo viloyatida 8 ta tuman, 5 ta shahar va 21 ta shaharcha mavjud. 

Sirdaryo viloyati Mirzacho‘lning o‘zlashtirilgan qismlarini hamda qisman Qizilqum yerlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatda o‘zlashtirishga yaroqli yerlar ko‘p. Ammo tabiatiga xos ayrim noqulayliklar tufayli dehqonchilikda ko‘pgina mehnat, mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Maydoni 166,6 ming km.kv. Aholisi 1 million 711 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).   Shaharlar aholisi 850,5 ming kishidan ortiq. Qishloq aholisi 861,3 mingdan ortiq. Qoraqalpog`iston Respublikasida 14 ta tuman, 12 ta shahar va 26 ta shaharcha mavjud.

Qoraqalpog'iston Respublikasi mamlakatimizning shimoli g'arbida joylashgan. Temiryo`l, avtomobil havo transsportining yo`lga qo`yilishi, respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarining uzluksiz yuksalishiga zamin hozirladi. 

Qoraqalpog'iston muxtor viloyat sifatida 1925-yilda tashkil topgan. 1932-yili muxtor respublikaga aylantirilgan. 1936-yilda O'zbekiston tarkibiga kirgan. Qoraqalpog'istonning O'zbekiston tarkibiga kirishi qoraqalpoq va o'zbek xalqlari o'rtasidagi qadimiy do'stlikni, hudud, til va madaniyatdagi mushtaraklikni yanada mustahkamladi. 

Xorazm viloyati

Maydoni 6,1 ming km.kv. Aholisi 1 mln 653 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).  Xorazm viloyatida 10 ta tuman, 3 ta shahar va 58 ta shaharcha mavjud.    

Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo'lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. Viloyatning xo'jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi. Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tashqari, shifobaxsh sho'r ko'llar, binokorlikda ishlatiladigan xomashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud. 

SO'NGI YANGILIKLAR

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com