Kirish

Xoking: yerda sulfat kislotasidan yomg’ir yog’adi, havo harorati 250 darajaga ko’tariladi

Mashhur ingiliz fiziki Stiven Xoking bashorat qilishicha vaqt o’tishi bilan yer yuzida sulfat kislotasidan iborat yog’ingarchilik kuzatiladi, okeanlar qaynaydi va havo harorati selsiy bo’yicha 250 darajaga ko’tariladi. Bu haqda Xoking “Bi-bi-si” telakanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi deb yozadi Life.ru.

Xokingning ta’kidlashicha Oq Uy rahbari Donald Trampning “AQShning iqlim bo’yicha Parij shartnomasidan” chiqish qarori kelajakda sayyoramiz uchun ulkan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Iqlim o’zgarishi – biz duch kelayotgan eng katta tahdidlardan biridir, agar biz hozir harakat qilsak biz buni oldini olishimiz mumkin dedi olim.

Xokingning fikricha insoniyatni saqlab qolishning mavjud imkoniyatlaridan biri bu boshqa sayyoralarning yoki oyning hududini egallash.

 

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com