Kirish

HTHFX rahbari: Rossiyaning qurol eksporti 47-50 milliard dollarni tashkil qiladi

Rossiyaning harbiy texnika va qurol-yarog'lari uchun eksport buyurtmalar portfeli 47-50 milliard dollar miqdorida, ushbu miqdorning yarmi an’anaviy ravishda aviatsiyaga tegishli, rejada - quruqlik uskunalari miqdorini 30 foizga oshirish ko’zda tutilgan deb ma’lum qildi Rossiyaning Harbiy-texnik hamkorlik bo'yicha Federal xizmati (HTHFX) rahbari Dmitriy Shugaev chorshanba kuni jurnalistlarga.

“Bizning buyurtma portfelimiz 47-50 milliard dollarlar atrofida. Ushbu tendensiya saqlanib qoladi deb o’ylaymiz” - dedi Shugaev.

Uning so’zlariga ko’ra, yetkazib berilayotgan buyurtmalar ichida Rossiya jangovor aviatsiyasi miqdori 50 foizni tashkil qiladi, quruqlik uskunalari miqdori taxminan 30 foizga, havo mudofaasi texnologiyasi 20 foizga, dengiz kuchlari esa 6-7 foziga oshiriladi.

Shugaevning qayd etishicha Rossiya xalqaro bozorlarda keng tarqalgan “Qiruvchilarning to’liq turkumi”ni buyurtmachilarga yetkazib beradi. Bular tarkibiga Su-30 qiruvchilari, takomillashtirilgan MiG-29, eng yangi MiG-35 vertolyotlari, Mi-35, Mi-28, Mi-17, Ka-52 vertolyotlari, Yak-130 jangovor-o’quv samolyotlari kiradi.

Havo mudofaasi texnologiyalaridan eng ko’p qiziqish S-400 tizimi, “Tor”, “Buki” komplekslari, “IGLA” ko’chma havo mufofaa tizimlari, turli xil zirhli transport vositalari, Т-90, Т-90С tanklari, yo’q qilish tizimlari, elektron kurashish vositalariga qaratilgan dedi Shugaev.

Manba: finanz.ru

 

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com