Kirish
Yangilandi: 20-Nov, 2017

Yirik timsoh Malayziyadagi do’konlardan biriga kirib oldi (+video)

Malayziyaning Limbang shahrida yirik timsoh mahalliy aholining do’koniga kirib oldi. Yirtqichni ushlash jarayoni anchayin qiyin bo’ldi.

Videorolikda timsohni ushlash jarayoni aks etgan. Unda o’t o’chiruvchilar timsohni ustiga mato tashlab og’zini arqon bilan bog’lashga harakat qilishadi. Biroq timsoh bunga halaqit beradi.

Videorolik muallifining ma’lum qilishicha o’t o’chiruvchilar timsohni ushlash uchun deyarli bir soat sarflashgan.

Shu vaqtgacha bizning kichik shaharchamizda bunday vaziyat sodir bo’lgan emas, birinchi marta bunday holatga duch kelyapmiz deydi videorolik muallifi.

 

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com