Kirish

Forbes eng ko’p haq to’lanuvchi yulduzlar reytingini e`lon qildi

Forbes shou-biznes va sportning eng ko’p haq to’lanuvchi yulduzlari ro’yxatini chop etdi.

Reytingga ko’ra, 2016 yilning iyun oyidan buyon eng ko’p pul ishlab topgan mashhurlar ro’yxatida birinchi o’rinni Paf Deddi nomi bilan tanilgan reper Shon Kombs egalladi. U 12 oy ichida 130 million dollar ishlagan. Reper pullarni asosan Bad Boy Fanily Reunion konsert turi hamda Fransiyaning Ciroc brendi bilan hamkorligi evaziga qo’lga kiritgan.

Ikkinchi o’rin Lemonade albomi va undan keyingi jahon turnesi ortidan 105 million dollar ishlashga muvaffaq bo’lgan qo’shiqchi Beyonsga nasib etdi.

Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling 95 million dollar bilan uchinchi pog’onani zabt etdi. U kichik tanaffusdan keyin "Garri Potter va la`nati bolakay" kitobi hamda "Fantastik mavjudotlar va ular yashaydigan joylar" kinossenariysi tufayli Top-10 ro’yxatiga qaytdi.

Reytingning to’rtinchi o’rnini Dreyk taxallusi bilan tanilgan kanadalik Obri Grexem egalladi. U 94 million dollar ishlab oldi.

Eng ko’p pul ishlagan yulduzlar beshligini bir yil ichida Madridning "Real" jamoasi bilan Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasini yutishga muvaffaq bo’lgan, Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni nomiga sazovor bo’lgan hamda FIFA versiyasiga ko’ra yana bir bor yilning eng yaxshi o’yinchisi, deb topilgan futbolchi Krishtianu Ronaldu yakunladi.

O’nlikdan shuningdek kanadalik qo’shiqchi Abel Tesfayye (Weeknd), radioboshlovchi Hovard Shtern, Britaniyaning Coldplay pop-guruhi, yozuvchi Jyeyms Patterson hamda basketbolchi Lebron Jyeymslar o’rin olishdi.

Top-100 reytingining so’nggi pog’onasida bu yil "Manchester Yunayted" safida to’p surgan shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich nomi qayd etilgan.

Manba: kun.uz

 

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com