Kirish
Yangilandi: 20-Nov, 2017

Ronaldu Instagram’dagi har bir fotosiga 400 ming yevro oladi. Selena Gomes esa 550 ming

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nafaqat futbol o’ynash va reklama roliklarida suratga tushishdan, balki ijtimoiy tarmoqlarga surat joylashdan ham foyda ko’radi. Bu haqda “Chempionat” nashri ma’lumot berdi.

Ronalduni Instagram orqali 106 million foydalanuvchi kuzatib boradi. Futbolchining o’zi har bir e’lon qilgani surati uchun 400 ming yevrolik bo’ladi. Bu borada portugaliyalik futbolchi uchinchi ko’rsatkichni qayd etib turibdi.

Nozik jins vakillaridan ikki mashhur Krishtianu Ronaldudan ko’proq ishlab topadi. Bular Kim Kardashyan va Selena Gomas.

Kardashyan Instagram’da 100 million kuzatuvchiga ega. Shoular yulduzi, aktrisa va fotomodelning har bir qo’ygan surati unga 500 ming yevro foyda keltiradi.

112 million o’quvchisi bor bo’lgan qo’shiqchi Selena Gomes esa suratlari uchun 550 ming yevro ishlab oladi.

Manba: daryo.uz

 

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com