Kirish

Quyosh batareyalari samaradorligi bo’yicha yangi jahon rekordi o’rnatildi

Belgiyalik olimlar Perovskit minerali asosida yangi turdagi quyosh batareyalari ishlab chiqarishdi. IMEC markazi olimlari tomonidan yaratilgan quyosh batareyasining samaradorlik koefisenti 23,9  foizni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda CleanTechnica sahifasi.

Bu ushbu sohada o’rnatilgan yangi rekord bo’ldi. Buning uchun belgiyalik olimlar perovskitni kremniy yordamida o’zgartirishdi. Olimlar hosil bo’lgan qoplamaning ustki qatlamining tuzilishini o’zgartirishdi va quyosh nurlarini aks etish xususiyatini kamaytirishdi.

Tabiiy perovskit kristall ko’rinishdagi mineral modda bo’lib tabiatda kam uchraydi, lekin uni sun'iy yo’l bilan sintez (hosil) qilish nisbatan oson va arzondir. Quyosh batareyalari ishlab chiqarishda u kremniydan ham arzonga tushadi. Agar bunday quyosh batareyalari ommaviylashib ketsa, ulardan olinadigan energiya qiymati bir necha barobar arzonlashishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, eng samarador quyosh batareyalari kosmik kema va sputniklarda ishlatiladi. Ularning samaradorligi maishiy quyosh batareyalaridan 2-2,5 baravar ortiq, lekin ularning narxi ham juda qimmat. Bugungi kunda ommaviy quyosh batareyalari samaradorligi 17-18 foizni tashkil qiladi.

Yana bir qiziq yangilik, AQShning jordj Vashington universtiteti injeneri kaskadli quyosh batereyasi moduli yaratdi. U elektr ishlab chiqarishda quyosh nurining har bir spektridan foydalanadi va natijada uning foydali ish koefisenti 44,5 foizni tashkil qildi. Lekin ommaviy ishlab chiqarishda ushbu batareya o’ta qimmatga tushar ekan.

Manba: sof.uz

 

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com