Kirish
Yangilandi: 20-Nov, 2017

Yaponiyada iPhone ish uchun vaqtni tejaydigan protativ ustaraga aylantirildi

Har yili iPhone uchun aksessuar ishlab chiqaruvchilar yangi, ba’zida judayam g’aroyib qurilmalarni cheklangan miqdorda ishlab chiqaradi va ularning sotuv hajmi bir necha o’n nusxadan oshmaydi.

Bu safar Yaponiyada yangi qurilma taqdim etildi. Ushbu qurilma Apple mahsulotlariga o’rnatilgan holda ishlaydi va erkaklar ustarasi vazifasini bajarishi mumkin.

Sanko Co. Ltd kompaniyasining “Thanko” cho’ntak mini ustarasi iPhone’ga quvvatlagich ulagichi orqali o’rnatiladi. Biroq ishlab chiqaruvchilar mazkur qurilmaga bitta pichoqli blokni o’rnatishganligi sababli qurilma ser soqolli kishilarda ishlamaydi.

Ushbu noodatiy qurilmaning narxi 9 dollar. Ammo uni faqat Yaponiyada xarid qilish mumkin.

TechSpot mamlakatda ushbu qurilmaning zarurati haqida fikr bildirar ekan quyidagilarni e’tiborga oldi “Yaponlar ishsiz yashay olmaydigan kishilardir, ular bir necha kunlab ish joyida qolib ketadilar, ushbu holatda ular o’z ish joylaridan chiqmay turib yoki ishga ketish vaqtida soqol olishari va ish uchun vaqt tejashlari mumkin”.

Manba: hitech.newsru.com

 

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com