Kirish
Yangilandi: 20-Nov, 2017

Qayta moliyalash stavkasining pul muomalasi va iqtisodiyotga ta’siri

Qayd etish kerakki, iqtisodiyotda pul massasi va kreditning tez sur’atlarda o’sishi tufayli inflyatsiyaning kuchayishi kuzatiladi. Odatda inflyatsiyaning yuqorilashishi qayta moliyalash stavkasining o’sishiga ham olib keladi (bu aksincha bo’lishi ham mumkin). Biroq bir necha yillardan buyon bizda qayta moliyalash stavkasi sun’iy tarzda 9%da ushlab kelinayotgandi. Vaholanki amaldagi inflyatsiya darajasi rasmiy darajadan birmuncha balandroq. Ushbu vaziyatda mamlakat milliy pul birliki qadrini mustahkamlash va inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlarida saqlab qolish uchun qayta moliyalash stavkasidan foydalanadi.

O’zbekiston iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish yo’lida

O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan yaxshilash va uni modernizatsiyalashda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga to’liq va aniq javob berishi alohida ahamiyatga ega. Buning samarasi bugungi kunda mamlaktimiz iqtisodiyotida chuqur tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va sanoat hamda yetakchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish zamirida namoyon bo`lmoqda. Qolaversa, bu islohotlarni amalga oshirish zamirida inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratib berish, ma'rifatli yosh avlodni tarbiyalash, amalga oshirib kelinayotgan keng ko`lamli iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim shartidir. Zeroki, Prezidentimiz I.A.Karimov “Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun”[1] degan so`zlarini hech qachon yoddan chiqarmasligimiz kerak. 

Investitsiya – taraqqiyot tayanchi

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonun yo’li bilan keng ko’lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi. 

O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’li

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga to’liq va aniq javob berishi alohida ahamiyatga ega.

O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan yaxshilash va uni modernizatsiyalashda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Buning samarasi bugungi kunda mamlaktimizda joriy qilinilayotgan islohotlar zamirida namoyon bo’lmoqda.

O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’li muhim ahamiyat kasb etishi barchamizga ma’lum. Chunki biz bilamizki makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining  barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur'atlarini va to‘lov balansining muvozanatini ta'minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini  o‘rganadi. Makroiqtisodiyot o’z navbatida quyidagi uch yo’nalishni o’zida qamrab oladi. Bular: milliy iqtisodiyot, davlat tomonidan  iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish, jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni   boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.

SO'NGI YANGILIKLAR