Kirish

Qayta moliyalash stavkasining pul muomalasi va iqtisodiyotga ta’siri

Qayd etish kerakki, iqtisodiyotda pul massasi va kreditning tez sur’atlarda o’sishi tufayli inflyatsiyaning kuchayishi kuzatiladi. Odatda inflyatsiyaning yuqorilashishi qayta moliyalash stavkasining o’sishiga ham olib keladi (bu aksincha bo’lishi ham mumkin). Biroq bir necha yillardan buyon bizda qayta moliyalash stavkasi sun’iy tarzda 9%da ushlab kelinayotgandi. Vaholanki amaldagi inflyatsiya darajasi rasmiy darajadan birmuncha balandroq. Ushbu vaziyatda mamlakat milliy pul birliki qadrini mustahkamlash va inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlarida saqlab qolish uchun qayta moliyalash stavkasidan foydalanadi.

Qayta moliyalash stavkasini oshirish, birinchidan aholi uchun kredit xarajatlarini o’sishiga olib keladi, kredit foizlari birmuncha yuqorilashadi. Natijada siz ipoteka krediti olasizmi, xarid qilish uchunmi yoki boshqa maqsaddami, bu sizning kreditga qo’shib to’laydigan foizingiz miqdorini oshiradi. Bu holatda kredit oluvchilar miqdori kamayishi mumkin. Lekin umuman olganda bu bankning o’ziga ko’proq bog’liq. Bank katta miqdorda daromad olaman deb qayta moliyalash stavkasidan 1-1,5 barobar yuqoriroq 22-28 foizlik miqdorda kredit berishi mumkin. Biroq bunda bank faqatgina o’z mijozini yo’qotadi. Buning oldini olish uchun banklar faqat o’z daromadlarini o’ylamasdan aholi uchun foydaliroq stavkalarni joriy qilsa har ikki tomon uchun ham foydali bo’ladi. Ya’ni bunda bankdan kredit oluvchilar miqdori va bankga pul oqimi ko’payadi hamda iqtisodiyotda pul aylanish tezligi oshadi. Boshqa tomondan kreditlar miqdorini tez sur’atlarda o’sishi sharoitida qayta moliyalash stavkasining ko’tarilishi aholi qo’lida saqlanib qolgan pulni banklarga jalb qilinishiga yaxshi ta’sir qiladi. Ya’ni bunda kredit oluvchilar har oyda belgilangan foiz miqdorida bankga pul topshiradilar va ohir oqibatda kreditga qo’yilgan foiz miqdori bo’yicha qo’shimcha mablag’ bankga jalb qilinadi. Masalan aholiga umumiy miqdorda 40 mlrd so’m kredit 20 foizlik stavkada berilda. Bu ma’lum muddatdan so’ng ushbu kredit 20 foizlik qo’shimcha ustama bilan bankga qaytadi degani va aholi qo’lidaga saqlanib qolgan ushbu pul muomila (ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish)ga qayta kiritiladi. Ikkinchidan bu omonat foizlarining oshishiga xizmat qiladi. Chunki bank tomonidan omonat foizlari qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqib belgilanadi. Agar qayta moliyalash stavkasi oshsa bank ushbu stavkadan kelib chiqib omonatchiga foiz qo’shib beradi (masalan mamlakatimizda qayta moliyalash stavkasining 9 foizdan 14 foizga o’sishi hech bo’lmaganda omonatchilar uchun 14 foizlik qo’shimcha daromad olishni kafolatlaydi). Omonat foizlarining ko’tarilishi o’z novbatida omonatchilarni jalb qiladi. Endi aholining ko’proq qismi o’z pullarini bankga qo’ya boshlaydi va bankga pul oqimi miqdori ko’payadi.

         Yuqoridagi ikki vaziyat o’z novbatida pulning aylanish tezligini oshiradi. Natijada ishlab chiqarish rivojlanadi va iqtisodiy o’sishga erishiladi. Biroq shuni esdan chiqarmaslik kerakki mamlakatimizda aholining ko’pchilik qismi mablag’larini (omonatlarini) xorijiy valyutada (dollarda) o’zlari saqlaydi. Agar bank kafolat bersa va konvertatsiya ochilishi evaziga dollar kursi bir maromga kelsa aholining banklarga omonat qo’yishlari ko’payishi mumkin. Chunki endi aholi pullarini dollarda emas so’mda saqlay boshlaydilar. Agar bank ham qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqib yuqori foizli omonatlarni taqdim etsa va daromadni kafolatlasa aholi ushbu mablag’ni o’zlarida saqlagandan ko’ra banklarga topshirishni afzal ko’radi va pullarini banklarda saqlaydi. Yuqoridagi ikki holat o’zaro bir birini ta’minlaydi. Masalan katta miqdorda kreditlarning chiqarilishi banklarda resurs taqchilligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o’z o’zidan keyingi berilayotgan kredit foizlarini oshishiga olib keladi. Chunki bankda resurs taqchilligi yuzaga keldimi resurs taklifi kamayadi va bu o’z novbatida kredit foizi miqdorini oshishiga olib keladi. Ushbu vaziyatda bankda ikki hil yo’l qoladi omonatchilar miqdorini o’stirish yoki moliya tashkilotlaridan mablag’ jalb qilish. Bunda mamlakat iqtisodiyoti va bank uchun foydaliroqi bu omonatchilar miqdorini oshirish. Kredit foizlari oshdimi demak bu vaziyatda bank yuqori foizlik omonatlarni aholiga taklif etishi mumkin. Foiz miqdorining o’sishi omonatchilarni ko’paytiradi. Bu holat resurga bo’lgan talab va taklif bir maromga kelguncha (tenglashgunicha) davom etadi. Talab va taklif tenglashguniga qadar pul aylanish tezligi birmuncha yuqorilashadi. Bu holatda to’g’ri iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlashi mumkin.

Abdurahmonov Abduqahhor

 

SO'NGI YANGILIKLAR

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com