Kirish
Yangilandi: 20-Nov, 2017

Investitsiya – taraqqiyot tayanchi

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonun yo’li bilan keng ko’lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi. 

Xorijiy investitsiyalar - chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag’batlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bo’lmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari ma?lum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.

O’zbekiston Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 mayda qabul qilingan “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori muhim omil bo’lmoqda.

Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko’proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko’proq asosan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko’prog’i ularning hissasiga to’g’ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. Bu o’rinda tayanch asos bo’lib Prezidentimizning “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni xizmat qilmoqda.

O'zbekiston qonunchiligida “Chet el investitsiyalari to’g’risida“gi Qonunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo’lishi mumkin:

- chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;

- davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar;

- chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;

- chet el davlati fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari(1).

Xorijiy investitsiyalarning shakllari

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:

- ulush qo’shib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish;

- 100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;

- yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ʼba korxonalari va filiallarini tashkil etish;

- konsessiya va lizing sharnomalari tuzish;

- tenderlar eʼlon qilish;

- erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;

- moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.

So’nggi yillarda bu borada erishayotgan yutuqlarimiz salmoqlidir. Masalan, 2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10.9 foizga o’sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 millionni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo’yilmalarning 21.2 foizdan ortig’i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’gri xorijiy investitsiyalardir.

Xulosa qilib aytganda xorijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Negaki, O’zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimiz davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga moljallangan bo lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O’zbekistonning geografik jihatdan qulay yerda joylashgani, transport tarmog’ining rivojlangani, tabiiy resurslarning ko’pligi, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

(1) O’zbekiston Respublikasining 30.04.1998 yildagi 609-I-sonli Qonuni. Oliy Majlis Axborotnomasi. 1998-yil 5-6-son, 91-modda, “Xalq so’zi”, 1998-yil, 100(1881)-son.

 

SO'NGI YANGILIKLAR

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com