Kirish

O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’li

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga to’liq va aniq javob berishi alohida ahamiyatga ega.

O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan yaxshilash va uni modernizatsiyalashda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Buning samarasi bugungi kunda mamlaktimizda joriy qilinilayotgan islohotlar zamirida namoyon bo’lmoqda.

O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’li muhim ahamiyat kasb etishi barchamizga ma’lum. Chunki biz bilamizki makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining  barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur'atlarini va to‘lov balansining muvozanatini ta'minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini  o‘rganadi. Makroiqtisodiyot o’z navbatida quyidagi uch yo’nalishni o’zida qamrab oladi. Bular: milliy iqtisodiyot, davlat tomonidan  iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish, jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni   boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.

Yuqorida qayd e’tilgan uch yo’nalish mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalashda muhim ahamiyat kasb etgan holda O’zbekiston  iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’lini belgilab beradi. Bu iqtisodiyot o‘sishining barqaror yuqori sur’atlarini, buning uchun eng avvalo investitsiya iqlimi va tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash va infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga mavjud zaxiralar va imkoniyatlarni safarbar qilishni ta’minlaydigan iqtisodiyotni rivojlantirish va modernizatsiyalashning qabul qilingan strategiyasini amalga oshirish ishlarining natijalari har tomonlama o’rganishi makroiqtisodiyotning qanchalik darajada mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etishini belgilab beradi.

Mamlakat miqyosida makroiqtisodiyotni to’g’ri tartibga solish o’z navbatida jadal rivojlanishning tamoyilidir. Agar iqtisodiy islohotlar hozirgi davr holatidan kelib chiqqan holda amalga tadbiq etilsa bu mamlakat uchun yuqori natijalarga erishishga asos bo’lib hizmat qiladi. Misol tariqasida shuni keltirishimiz mumkinki, mamlakatimizdagi makroiqtisodiyotning to’g’ri yo’nalishda olib borilishi va tartibga solinishi respublikamiz uchun katta yutuqlar keltirmoda. Masalan: Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida muammolar va xavf-xatar mavjudligiga qaramay, 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvorliklarini izchil va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda amalga oshirish tufayli O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini saqlab qolish, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni yanada chuqurlashtirish ta’minlanayotganligi qayd etildi.

O'tgan yilning birinchi choragida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga o‘sdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,2 foizga, xizmatlar ko‘rsatish 11,8 foizga ko‘paydi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi.

Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish ustuvorliklarini amalga oshirish, shuningdek, ichki talabni muvozanatli rag‘batlantirish va ichki bozorni raqobatbardoshli mahalliy mahsulotlar va xizmatlar bilan yanada to‘liqroq to‘ldirish chora-tadbirlari iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,8 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 14,3 foizga va xizmatlar ko‘rsatish hajmi 9,1 foizga ko‘payishiga ko‘maklashdi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida iste’mol mahsulotlari ulushi 2013-yilning birinchi choragidagi 29,5 foiz o‘rniga 34,4 foizgacha ko‘paydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-aprelda qabul qilingan Farmonida nazarda tutilgan qo‘shimcha dasturiy chora-tadbirlarni amalda bajarish, shu jumladan, yangi imtiyozlar va preferensiyalarning keng doirasi, har xil litsenziya va ruxsat beruvchi tartib-taomillarning muddatlarini tubdan qisqartirish, soddalashtirish va arzonlashtirish xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznesni yuritish, iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash borasida keng ishlar amalga oshirilishi makroiqtisodiyotning to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan dalolatdir.

Biznga ma’lumki  O’zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy  erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda aynan ushbu sohaga katta e’tibor qaratilishi respublikamizning makrodarajadagi iqtisodiyotini takomillashtirish orqali amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklar rahbarlari oldiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartib-qoidalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mamlakat Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son Qarori talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga doir aniq vazifalar qo‘yilgan. Litsenziya va ruxsat berish tartib-tamoyillarining elektron shakllariga o‘tishni jadallashtirish, shuningdek, ularning sonini va hujjatlarni berish muddatlarini qisqartirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Yuqorida qayd etilganlardan mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalashda makroiqtisodiyotning ro’li qay darajada muhim ahamiyat kasb etishi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish yo’llarini belgilab berish va to’g’ri iqtisodiy siyosatni tashkil eta bilish,  makroiqtisodiyotning naqadar muhim ahamiyat kasb etishini belgilab beradi.

 

SO'NGI YANGILIKLAR

Joomla Templates and Joomla Extensions by JoomVision.Com