Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Ishlar rejadagidek ketmayotgan paytda sizni yanada oldinga intilishingizni ta’minlab beruvchi ba’zi ko’rsatmalar

-Har bir mag’lubiyat sizni muvaffaqiyat tomon yanada yaqinlashtirishi mumkinligi esingizdan chiqmasin.

 -Maglubiyatga negativ nazarda qaramang. Ba’zan bajariladigan ishlarni bajarish uchun keraksiz narsalardan voz kechishingiz kerak bo’ladi. Axir oldinga intilishingiz uchun sizda og’ir yuklar bo’lmasligi kerak.

 -Tomas Edisonning mashxur iborasini eshitgansiz: “Men mag’lubiyatga uchramadim. Men hozirgina ishlamaydigan 10 000 ta uslubni topdim”. Edison aytganidek siz mag’lubiyatga uchrasangiz “ishlamaydigan” usullarni topgan bo’lasiz xolos;

 -Umidlaringizni puchga chiqaruvchi mag’lubiyatga uchragan taqdiringizda ham, unga salbiy nazar bilan qaramang. Bu o’rganishingiz uchun bir sizga dars bo’luvchi imkoniyat;

Boshqalarning ruxlantirishidan foydalaning.

 -Muvaffaqiyatli odamlarning tarjimai xoli bilan tarnishing. Ular sizni ruxlantiradi.

Xuddi o’sha ishni boshqa usullar bilan bajarib ko’ring.

-Agar biror ish yaxshi bajarilmayotganini sezsangiz, bu uning boshqa yo’nalishda bajarilishi kerakligini anglatadi yoki bu ishda sizning tajribangiz kamlik qilayotgan bo’ladi.

 -Ishdan voz kechishga hech qachon shoshilmang: tark etishga hamisha ulgurasiz. U ishni yangi yo’ldan boshlab o’zingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishingiz mumkin.

Nima uchun qattiq berilib ishlayotganingizni yaxshilab anglab oling.

 -Agar ishlar rejadagidek ketmayotgan bo’lsa, bu tabiiy xol bo’lib, sizni yaxshilab o’ylab olishingiz uchun yana bir imkoniyat tug’ildi demak.

Tanaffus qiling.

-Bazan ishlarning to’g’ri ketmasligi yetarlicha darajada tanaffus qilinmaganini ham anglatadi. Charchoq sababli bajariladigan ishni tartibini o’zgartirib yuborishingiz mumkin.

Shuning uchun:

 -televizorni yoqing va sevimli ko’rsatuvingizni tomosha qiling;

 -quloqchinlarni quloqqa taqingda, sevimli ashulangizni eshitishni boshlang;

 -salqin tabiat qo’yniga chiqib kofe, choy yoki biror o’zingizga yoqadigan ichimlik iching;

Birorta inson bilan muloqot qiling.

 -Agar siz kun bo’yi yolg’iz ishlasangiz, bu motivatsiyani yo’qotishni oddiy yo’lidir. Sherik toping va u bilan qiziqarli mavzularda suxbatlashing. Balki aynan u sizga yordam berar. Lekin suxbatdoshni tanlashda extiyot bo’ling. Sizga kerak bo’lmagan mavzuda gapirib sizni vaqtingizni olishi ham mumkin.

Hayotingizda erishgan yutuqlaringizni ro’yxatini tuzing.

 -Sizni kuchli darajada ruxlantiradigan yana bir uslub – o’zingiz erishgan yutuqlarni eslash yoki ularni hammasini qog’ozga tushurish. Bu ishingiz shukrona qilish hissini ham beradi sizga.