Jaziramadan saqlanish choralari
- Bo'lim: Foydali maslahatlar
Issiq iqlim kunlari inson o’zini qanday tutishi kerak?
Yerdagi issiqlikning asosiy manbai - bu Quyosh. Inson tanasi har qanday iqlim sharoitlariga moslashish xususiyatiga egadir. Biroq boshkiyimsiz, tik quyosh nuri ostida uzoqbo’lish quyidagi noxushliklarga olibkeladi:
- oftob urishi;
- ko’z kataraktasi kasalligirivojlanishi;
- terining kuyishi, keyinchalik teri rakiga olib kelishi hammumkin.
Shu sabab quyosh nuri ostida yurmaslikka harakat qiling.Ko’chadailoji boricha uy,daraxtlar soyasidaharakatlaning. Yozgi soyabon tutib,boshingizni asrang yokisoyabonli yozgishlyapa, kepka kiying. Yengilroq kiyim kiying. Shkafingizdagi to’q rangli kiyimlarni imkon darajasidatabiiy tolalardan bo’lgan, ochiq rangli yozgi kiyimlarga almashtiring.Ochiq rangli kiyim quyosh nurini qaytarish xususiyatiga ega.Issiqlik urishi havo haroratining ko’tarilishi natijasida tanani qizib ketishi.Uzoq vaqt boshkiyimsiz quyosh ostida bo’lish insonni oftob urishiga sabab bo’ladi.
Kishini oftob urganda:
- behollik;
- bosh og’rishi va aylanishi;
- ko’ngil aynishi, qusish;
- terining qizarishi;
- tomir urishi va nafas olishning tezlashishi;
- ko’z oldida qorong’ulashish kuzatiladi.
Oftob urganda nima qilish zarur?
- bemorni soyaga olib o’ting;
- badanini xo’l sochiq bilano’rang;
- iloji bo’lsa ustidan sovuq suv(18-20 gradus)quyib,bemortanasini sovutishga harakat qiling;
- agar bemor behush bo’lsa,uningburniga navshadil spirti bilanho’llangan paxtani tuting;
- tez tibbiy yordamni chaqiring.
Oftob urishining oldini olish uchun:
- iloji boricha kunning birinchi yarmida yoki kechki payt sayr qilish;
- sayrga bosh kiyim bilan yokisoyabon bilan chiqish;
- kiyimlar keng, toza paxta matosidan tikilgan oq rangda bo’lishi;
- havosi salqin bo’lgan joylarda yurish;
- kun issiq paytlari odatdagidan ko’proq suyuqlik (gazlanmagan mineral suv, ko’k choy, qaynatibsovutilgan suv) iste'mol qilish lozim.
Jaziramada qanday ovqatlanish lozim?
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- kam ovqatlanish va ovqat kaloriyasini kamaytirish;
- qovurilgan,yog’li va sho’r taomlarni cheklash;
- turli xil sabzavotlardan salatlar tayyorlab iste'mol qilish;
- salatlarni iste'mol qilishdan oldin tayyorlash lozim;
- yog’siz sut mahsulotlaridan (qatiq, ayron, suzma) iste'mol qilish;
- limonli choy, ko’k choy, nordon mevalar sharbatidan iste'mol qilish.
Ular chanqoqni yaxshi qondirib, inson tanasiga kuch bag’ishlaydi, shuningdek ko’k choy yuqumli oshqozon - ichak kasalliklaridan himoya qiladi.
Jaziramada salomatlikni asrash uchun:
- mehnat va dam olishni to’g’ri tashkillashtiring;
- faol va passiv dam olishni galma-gal olib boring.Passiv dam olishning ko’rinishlaridanbiri bu normal va sog’lom uyqu;
- uyqudan oldin xotirjam 40-60 daqiqa ochiq havoda sayr qiling.
Yozda derazani ochib uxlang;
- xushmanzara joy, daryo bo’yi va sayrgohlarda piyoda yuring;
- piyoda sayrdan so’ng yengiljismoniy mashqlarni bajaring;
- iliq dush qabul qiling;
- oila shifokori bilan maslahatlashgan holda shifobaxsh dorivor o’simliklardan tayyorlangan damlamalarni ichib turing.
Esingizda bo’lsin! Quyoshda ko’p yurishdan, «Oftob urishi»dan saqlaning! Me'yoriy quyosh nuri inson uchun foydali!