Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Jek Ma: Maqsadga yetish uchun tungi bedorlikda amal qilish zarur 5 qoida

Har kuni kechki soat oltida ish kunimiz nihoyasiga yetadi. Bugungi internet davrining vakillari kechki 12 ga qadar bedor bo’lishadi. Shu oraliqdagi 6 soatni qay yo’sinda o’tkazish esa hayotimizga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadi.

Ko’pchilik uchun karyera bu 8 soatlik qizg’in ish soatlarini anglatadi va kunning asosiy kuch-g’ayrati ayni shu soatlar uchun sarflanadi. Ishda o’sish ham mana shu soatlardagi sa’y-harakatga bog’liqdek. Tun esa dam olish, uzundan-uzun suhbatlar, sayr qilish bilan yakun topadi.

Hayot va umr samaradorligi, uning mazmun-mohiyati, farovonlik uchun ishdan keyingi, uyquga qadar davom etuvchi  360 daqiqalik vaqgta ham chambarchas bog’liq.

Quyida sizga “eng boy xitoylik” nomiga ega biznesmen, Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Maning shu daqiqalar mobaynida har bir kishi qilish mumkin bo’lgan 5 ta muhim odat haqidagi fikrlarini bayon qilamiz.

1. Har kun kechda nima bilan mashg’ul bo’lish juda muhim.

Men kollejni «marketing» yo’nalishi bo’yicha tamomladim. Ammo, mening orzuyim dizayner bo’lish edi.

Dizaynerlik orzusi yo’lida, bu boradagi mahorat va ko’nikmamni oshirish uchun har kuni shu yo’nalishdagi qo’shimcha ish qilardim. Bu ko’p vaqtimni olib qo’yardi.

Rahbar bo’lganimda esa dizayn sohasi bilan shug’ullanmay qo’ydim va o’zimni marketingga bag’ishladim.

Har kech, bolalarim uyquga ketib, xonadonim sukutga cho’mgach, men o’z ustimda ishlashga kirishaman. To’g’ri, bu ko’p vaqtimni olib qo’yadi, uyqudan voz kechishga majbur qiladi, ammo ishda esa men bu mashaqqatlarning natijasiga guvoh bo’laman. Modomiki, o’z yuksalishimni faqatgina ish soatlaridagi sa’y-harakatim bilan baholaganimda edi, mendan hech qachon kreativ direktor, mohir menejer chiqmagan bo’lar edi. Agar vaqtida uyqudan voz kechmaganida bugungi kabi marketing sohasida magistrlik darajasiga erishmagan bo’lardim.

Men faqatgina o’z-o’zimga bergan saboqlarga ishonaman. Va men bilgan barcha muvaffaqiyatli insonlar ayni shu yo’lni tanlaganliklariga amin bo’lganman.

Do’stlarimdan biri tarix fakultetida tahsil olgan bo’lsa ham, o’zi texnika savdosiga qiziqardi. Kuni bilan telemarketing sohasida mehnat qilsa ham, tunlari dasturlash sirlarini o’rganardi. Oxir-oqibat u savdo-sotiq bo’yicha shug’ullanuvchi kompaniya vitse-prezidentiga aylandi. Ayni paytda esa, u kompaniyaning texnik masalalar bo’yicha direktori.

Yana bir do’stim tadbirkor bo’lishni istasa ham, taqdir taqozosi bilan siyosatshunoslik yo’nalishida ta’lim olgan. U kompaniya tashkil qilishga juda qiziqar va tunlari shu soha sir-asrorlarini o’rganardi. U kun kelib orzusiga erishdi: yirik kompaniya tashkil etdi.

Ularning istiqbolini tungi 12 ga qadar bo’lgan vaqtda bajargan amallari belgilab bergan edi. Shubhasizki, ko’p narsa hayot va ish o’rtasida muvozanatga ko’p narsa bog’liq. Agar oilali bo’lsangiz, kechki payt ular uchun ham vaqt ajratishingiz lozim bo’ladi.

Yolg’iz bo’lgan taqdirda ham, mashq zallariga borishga, do’stlar bilan uchrashishga to’g’ri kelishi aniq. Albatta, yangi filmlarni tomosha qilish, o’yinlar o’ynash o’z yo’liga, ammo vaqtni Fasebook tarmog’idagi behuda harakatlarga bag’ishlash kerak emas.

2. Ko’proq o’qing, shunda ko’p narsa o’zgaradi.

Menining kollejdagi ustozim Amerikada, kelib chiqishi afrikalik bo’lgan kambag’al oilada tug’ilgan. U o’z oila a’zolari ichida kollejga qabul qilingan ilk odam bo’lgan ekan. Vaqti kelib u Garvardda magistrlik darajasiga erishadi va mohir ofitser bo’lib yetishadi. Men uni uchratganimda u Kolorado-Springs shahrida karyera qilayotgan edi.

Ustozimdan uning muvaffaqiyati siri nima bo’lganini so’raganimda, u hech qachon o’qishdan to’xtamaganini aytgan. U doimo o’qib-izlanish, bilim hayotda kim bo’lishni hal qiluvchi kaliti deb hisoblagan. U suhbatdoshlaridan tez-tez ular qaysi kitobni o’qiyotganliklarini so’rab turadi. Va, tabiiyki, ulardan hammasi ham savolga zudlik bilan javob bera olmasdi.

Mutolaa sizni yuksaltirish, hamkasblariz orasida bosh bo’lishingizga xizmat qiladi. Kim ko’p o’qisa, tabiiyki turli yo’nalishlarda bilimi boyib boradi va mehnat qilayotgan muassasa rivojiga ham shu qadar yuqori hissasi tegadi.

Bu bilimlar sizning suhbatlaringizga mushtoqlar sonini oshishiga olib keladi. O’z-o’zidan hurmatga sazovor insonga aylanasiz.

Amerikalik yozuvchi Entoni Robbins shunday deydi:

«Agar har kuni 1 soat vaqtingizni biror sohaga oid bilimlar olishga sarflasangiz, yil o’tib siz bu borada jahonning qolgan 99,999% kishisidan ko’proq bilimga ega bo’lasiz».

Hattoki, har kuni kechki mahal 30 daqiqa vaqtingizni ajrata olsangiz, bir haftada kasbingizga, qiziqishingizga mos bitta kitobni mutolaa qilishga erishasiz. To’g’ri, bu bilan  sohaning mohir ustasiga aylanib qolmaysiz, ammo atrofingizda mehnat qilayotganlardan ko’ra ko’proq bilimga ega bo’lgan bo’lasiz.

3. Turli loyihalarda ishtirok eting.

Modomiki ishda sizda mavjud keng bilimni tatbiq etishga sharoit bo’lmasa, unda o’zingiz mustaqil harakat qilib, bu imkoniyagta erishing. Ko’ngilli ravishda qiziqishlaringiz doirasidagi loyihalarda ishtirok eting. Ular sizga muvaffaqiyat olib keladi.

Jamoa bilan ishlash chog’ida bu sohadagi bilimlarni amalda tatbiq etasiz va amaliy natijaga erishasiz.

Siz bu jarayonda vazifani o’z vaqtida uddalash, loyiha yuzasidan fikr-mulohazalarni o’rganib, tegishli xulosa chiqarish ko’nikmasiga ega bo’lasiz. Bu jarayon siz olayotgan oylik miqdoridan ham qadrliroq bo’lishi mumkin.

4. Aloqalar o’rnatishda faol bo’ling.

Aloqa ishda o’sishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar sizda o’z sohangizda tanish-bilishlar kam bo’lsa, unda sa’y-harakatingizni shu maqsadga yo’naltiring.

Aloqa sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

– aqlli kishilar bilan muloqot qilish va ularning fikr-mulohazalarini o’rganish;

– olish qiyin bo’lgan ma’lumotlarni bilish;

–  siz mehnat qilayotgan muassasa uchun kerakli, naf keltiradigan salohiyatli hamkorlar topish.

Ish yuzasidan hamkasblar yoki rahbarlar bilan suhbatlashib turishdan iymanmang.

Modomiki, kun kelib biznes vakiliga aylansangiz, sizning tanishlaringiz – sizning ilk mijozlaringizga aylanishadi.

Ishdan keyingi paytda bar, ziyofat, uyga borish o’rniga kezi kelganda biror davralarga, klublarga boring. U yerda ish va shaxsiy qiziqishlar doirasidagi masalalar hayotda o’ringizni topishingizda yordam beradi.

Har hafta yangi tanishlar bilan qahva ichish yoki nonushta mahalida suhbatlashib turing.

Siz LinkedIn kasbiy tarmoq orqali ularning ishdagi yuksalishlarini kuzatib borishingiz yoki muayyan yo’nalish bo’yicha bu tarmoqda guruh ochishingiz mumkin. Kim biladi, ehtimol vaqti kelib ular orasidan kimdir sizning istiqboldagi rahbaringizga aylanishi mumkin.

Sizning aloqalaringiz — sizning ishdagi eng muhim  yutug’ingizdir.

Modomiki, televizo ko’rishga vaqtingiz bor ekan, demak kerakli odamlar bilan muloqot qilishga ham sizda vaqt topiladi.

5. Hayotni o’zgartirishni bugundan boshlash kerak

Kechki 6 dan 12 ga qadar uyda bedor bo’lasiz. Garchi, jismonan va ruhan toliqqan bo’lsangiz ham, shu daqiqalarda o’zingiz xohlagan ishni kimningdir ko’rsatmasisiz ham qilishga kuchingiz yetadi.

Bu damlarda miyangizni o’chirib qo’yishingiz ham mumkin, go’yo ishda kompyuterni o’chirib qo’yganingizdek. Shu bilan birga, siz aqlli, kuchli inson sifatida bilim doirangizni kengaytirishga ham kuch topishingiz mumkin. Bu ishga bugundan kirishing, har kun tunda bir soatingizni o’z qiziqishlaringiz to’g’risida bilim olishga sarflang.

Bularga odatlansangiz, kafil bo’lishim mumkinki, bir yil o’tib sizning karyera va hayotingizda yuksalishlar ro’y bera boshlaydi.

Manba: erkak.uz