Kirish
So'nggi yangilanish: 19.08.2018

Hayot – poezddagi sayohatga o’xshaydi

Hayot – poezddagi sayohatga o’xshaydi. O’zi bilan ko’plab bekatlarga, yo’nalishdagi o’zgarishlarga va ba’zida xalokatlarga ega.

Tug’ilganimizdan boshlab biz poezdga ota-onamiz bilan birgalikda o’tiramiz va boshida ular bilan oxirigacha boramiz deb o’ylaymiz. Ammo vaqti kelib ular poezddan tushib qolishadi va biz yolg’iz ularsiz sayohatni davom ettiramiz.

Vaqt o’tmoqda, vagonga boshqa insonlar o’tirishadi. Kimdir siz uchun muhim bo’lib qoladi, balki oxirigacha siz bilan ketishar. Kimdir vagondan tushadi va yonimizda bo’sh joy qoladi. Kimdir bekatda aytmasdan tushib qoladi va biz hatto ularning joylarida boshqa insonlar kelib o’tirganiga e’tibor bermaymiz.

Ushbu sayohat quvonchga, kutishlarga, umidlarga, sotqinlarga, kechirimga, salomlarga va hayrlashishga to’la bo’ladi. Ba’zida biz stop-kranni bosib boshqa vagonga o’tishni xohlaymiz, ba’zida esa hursandchilik bilan oynaga qarab o’tiramiz va yangi kirgan yo’lovchilar bilan tanishib ketaveramiz.

Sayohatning asosiy siri shundaki: biz qaysi bekatda tushishimiz kerakligni bilmaymiz. Sayohatdan lazzat olish kerak va siz bilan birga ketadigan yo’lovchilarning sayohatini ham yengil qilish kerak.

Chunki qachon biz manzilga yetib borsak, biz bilan ketayotgan yo’lovchilar joyimiz bo’shab qolganini sezishlari kerak va ularning yonida o’tirib ketgan inson haqida yaxshi ta’surot qoldirish kerak.

Manba: fazo.tv