Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Maqsadga erishish yo’lida qilish kerak bo’lgan qoidalar

Hissiyotlarni transformatsiyalash

Maqsadlarni amalga oshirishning oddiy metodologiyasi mavjud.

Maqsadlar boyicha shu paytgacha  yozilgan va aytilgan barcha gaplarni quyidagi formulaga tushirishingiz mumkin:

Oldingizga maqsad qoying

Unga yetguncha harakat qiling

Bu siz bilishingiz kerak bolgan barcha narsadir. Uni eslab qolishingiz ham oson. Lekin nimaga kopchilik oz maqsadlariga erishmaydi? Chunki bu odamlarning ushbu yolda yashirin faktorlar – hissiyotlar paydo bolishidan xabarlari yoq.

Siz o’z oldingizga maqsad qoydingiz va harakatlarni amalga oshira boshladingiz (ular togri yoki notogri bolishi mumkin). Shunda qorquv, xafagarchilik, agressiya, jahl chiqish, ezilganlik va boshqa yuzlab hissiyotlar paydo bola boshlaydi. Sizning oladigan natijangiz ushbu hissiyotlaringizni qay darajada boshqara olishingizga bogliq boladi.

Siz ularni transformatsiyalashingiz kerak. Transformatsiyaning natijasi esa boshliqdir. Bu oz ishingizni xotirjam bajarishingiz va natija olishingizdir. Bunga misol qilib, non sotib olish uchun magazinga yoki birorta sabzavot sotib olish uchun bozorga borishingizni korsatish mumkin.

Bunda siz olmoqchi bolgan narasangizga yetisha olmay qolishingiz haqida yoki pulingiz yetmay qolishi haqida oylamaysizku? Sizning harakatlaringizning asosiy maqsadi – ichki boshliqni kengaytirish va hissiyotlarni boshdan kechirish yoli bilan shaxsiy kuchni oshirishdir.

Qorquv, omadsizliklarga quchoq oching, ularni boshdan kechiring, hissiyotlaringizni transformatsiyalang va yana yolda davom etavering!

Rivojlanish

Shaxsiy kuchingizni tizimli ravishda rivojlantirishni qanday boshlash mumkin?

Siz ongli ravishda ozingizni stress holatiga tushirasiz, ichingizda nima sodir bolayotganini kuzatgan holda uni boshdan kechirasiz, harakat qilasiz. Bu yerda ongli degan sozga alohida e'tibor qaratishingiz kerak. Bu degani siz stresslardan va qorquvdan qochmaysiz, ular bilan uchrashuvdan xursandsiz va ularga peshvoz chiqasiz. Siz xotirjamlik, qulaylik holatiga kirishingiz bilan yangi darajaga otasiz. Rivojlanish yoliga xush kelibsiz!

Bu yolda hissiyotlarni transformaysiyalashning bir qancha texnikalari mavjud. Ularni qanday ishlatishni organishingiz kerak, ularsiz sizga qiyin boladi. Bunda har bitta jarayonga atrofdagi dunyo va odamlar ham ta'sir qiladi deysizmi? Aslida dunyo hech qanday emas. U yaxshi ham yomon ham emas.

Odamlar ham yomon ham yaxshi ham emaslar. Faqat siz ularga turli yorliqlarni osa boshlaganigizda dunyo shaklga ega bola boshlaydi.