Kirish
So'nggi yangilanish: 27.05.2018

Bill Geyts - kuniga 2 dollarga yashab, qanday boyib ketish mumkinligi to`g`risida

Agar men faqir bo`lib qolsam, parrandachilik bilan shug`ullangan bo`lardim

Bu maslahatidan so`ng Bill Geyts bir necha dalillar keltirib o`tdi.

1. Tovuq boqish oson, ular alohida yondashuvni talab qilmaydi. Ularning ba'zi turlari hamma narsani eyishi mumkin. Tovuqlarga faqatgina kichik boshpana kerak, uni ham qo`lda yasasa bo`ladi. Tovuqlarga atigi bir necha marotaba vaksina qilsa bo`lgani.

2. Bu yaxshi investisiya. Aytaylik, boshlovchi fermerning beshta tovug`i bor. Uch oydan keyin fermerning yana 40tacha jo`jasi bo`ladi. Agar bir tovuqning bahosi 5 dollar bo`lsa, u holda fermer bir yilda 1000 dollar atrofida pul ishlab oladi.

3. Bu bolalarning sog`lig`ini saqlashga yordam beradi. Ochlikdan bir yilda 3,1 million bola nobud bo`lmoqda. Tuxum va tovuq go`shti bu kulfatni bartaraf etishi mumkin. Buning natijasida bolalar o`zlariga zarur oqsillar va mikroelementlar bilan ta'minlanadi.

4. Bu ayollar uchun huquq va imkoniyatlarni kengaytiradi. Ko`p mamlakatlarda ayollar xali ham teng huquqli emas, ularda pul topish va o`z ishini yo`lga qo`yish imkoni yo`q. Tovuq boqish an'analarga qarshi chiqmagan holatda bu vaziyatni to`g`irlashi mumkin.